07:32 Istomin Dmitriy Tursunov ustidan yana bir bor g‘alaba qozondi | |
Dunyoning 57-raketkasi Istomin ikkinchi bosqichda rossiyalik Dmitriy Tursunovni (ATP reytingida 30-o‘rinda) uch setda 6:7 (8:10), 6:0, 6:3 hisobi bilan yengib, musobaqalarning keyingi bosqichiga chiqdi. Shunday qilib, Istomin Tursunov bilan shaxsiy uchrashuvlardagi hisobni tenglashtirib oldi: 3:3. Ta’kidlash joiz, Istomin o‘z g‘alabalarini 2014-yilda qozondi: shu yil yanvar oyida Avstraliya ochiq chempionatida ilk bormuvaffaqiyat qozongan bo‘lsa, ikkinchisi 2014-yilning fevralida Fransiyaning Monpelye shahrida o‘tkazilgan ATP Open Sud de France musobaqalarida, uchinchisi esa shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Mayami musobaqalarida qo‘lga kiritildi. Endi Istomin to‘rtinchi bosqichga chiqish uchun jahonnning birinchi raketkasi ispaniyalik Rafael Nadal bilan bahs olib boradi. Denis Istomin Rafael Nadal bilan avval uch marotaba uchrashib, ularning hammasida mag‘lubiyatga uchragan: 2010-yilda ikki marotaba bahs olib borgan: Londonda bitta setni yuta olgan bo‘lsa, US Open musobaqalarida 2:6, 6:7 (5:7), 5:7 hisobi bilan o‘yinni boy bergan. 2012-yilda esa Parijdagi Rolan Garros musobaqalarida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Eslatib o‘tamiz, Istomin birinchi davra o‘yinida fransiyalik tennischi Nikolya Mayuni mag‘lubiyatga uchratgan edi. | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 508 | |
Всего комментариев: 0 | |