10:07 Italiyada Mail.ru portali yopib qo‘yildi | |
Italiyada kinomahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish bilan shug‘ullanuvchi Eyemoon Pictures studiyasi sudga murojaat qilib, Mail.ru portali 2013-yilda chiqarilgan Fruitvale Station va The Congress filmlarining nusxalarini internetda noqonuniy ravishda tarqatayotganini ma’lum qilgan. Shikoyat asosida tergov o‘tkazilganida Mail.ru hamda yana bir qator torrent-manbalar va saytlar studiyaning mualliflik huquqini buzayotgani aniqlangan. 16-iyuldan italiyalik foydalanuvchilardan Mail.ru ishlamayotgani haqida xabarlar kelib tusha boshlagan. Portal vakillari vaziyatdan xabardor ekani va uni hal qilish bilan shug‘ullanayotganini ma’lum qilgan. Mail.ru tarqatgan rasmiy xabarda aytilishicha, Eyemoon Pictures ishni sudga oshirmasdan turib, vaziyatni tartibga solishga harakat qilmagan. “Studiyadan ham, Italiya huquqni muhofaza qilish organlaridan ham noqonuniy kontent joylangani haqida xabar yoki uni olib tashlash talabi kelib tushmadi, — deyiladi bayonotda. — Ushbu materiallar bizning ko‘p sonli servislarimizning aynan qaysi birida ekanini ayni paytda aniqlash qiyin. U foydalanuvchilar tomonidan yuklab qo‘yilgan videolar orasida bo‘lishi ham mumkin”. Mail.ru vaziyatni tartibga solish uchun chora-tadbirlar ko‘rishini aytdi. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 483 | |
Всего комментариев: 0 | |