17:16 Jahon iqtisodiyoti 2011-yilda tabiiy ofatlardan 370 mlrd. $ zarar ko‘rdi | |
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida "Swiss Re” jahon iqtisodiyotining 2011-yilda turli ofatlardan ko‘radigan zararini 350 milliard dollarga yetishini taxmin qilgan edi. Biroq, haqiqiy natija prognoz ko‘rsatkichdan 20 milliard dollarga ko‘p bo‘lib, bu borada u tarixdagi yangi rekord natijani o‘rnatdi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, "Swiss Re” hisob-kitoblariga ko‘ra, 2010-yilda tabiiy ofatlar natijasida 226 milliard dollarlik zarar ko‘rilgan edi. Ko‘rilgan zararning faqat 116 milliard dollari sug‘urta kompaniyalari tomonidan qoplangan, chunki xarajatlarning qolgan qismi sug‘urtalanmagan obyektlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 2010-yilda bu ko‘rsatkich 48 milliard dollarga teng bo‘lgan. Jami ko‘rilgan zararning 57 foizini (210 milliard dollar) 2011-yilning 11-mart kuni Yaponiyada yuz bergan kuchli zilzila va sunami keltirgan. Bundan atigi 35 milliard dollari sug‘urtachilar tomonidan qoplangan. Taylandda 2011-yilning ikkinchi yarmida yuz bergan suv toshqini esa 30 milliard dollarlik zarar keltirgan bo‘lsa, bundan 12 milliard dollari sug‘urtachilarning zimmasiga tushgan. 2011-yil ko‘pchilik sug‘urta kompaniyalari uchun katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi. Xususan, "Lloyd’s” sug‘urta kompaniyasi o‘z tarixida ilk marta – 2011-yilda zarar ko‘rdi. Kompaniya 2010-yilda 2,2 milliard funt sterling foyda olgan bo‘lsa, 2011-yilni esa u 516 million funt sterling zarar bilan yopdi. | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 658 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |