19:11 Jahonning eng qimmat 500 kompaniyasi reytingida yetakchi o‘zgardi | |
"Apple” korporatsiyasi bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha jahonning eng yirik kompaniyalari reytingi – "FT Global 500”da birinchi o‘rinni egalladi. Har yili an’anaviy tarzda reytingni tuzib boradigan "The Financial Times” ma’lumotlariga ko‘ra, "iPhone” va "iPad” kabi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning qiymati 559 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, reytingning o‘tgan yilgi yetakchisi "ExxonMobil”ning kapitalizatsiyasi 408,8 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, 2012-yilgi reytingda "ExxonMobil” ikkinchi, Xitoyning "PetroChina” kompaniyasi esa 278,79 milliard dollar ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallagan. 2011-yilgi reytingda "Apple” uchinchi, "PetroChina” esa ikkinchi o‘rinni band etgan edi. "FT” tomonidan tuzilgan ro‘yxatda MDH davlatlari orasida faqat Rossiya kompaniyalari o‘rin olgan. Reytingga kirgan ruslarning 10 shirkati orasida eng yuqori ko‘rsatkichni "Gazprom” (umumiy reytinda – 31-o‘rinda, 145,76 milliard dollar) qayd etgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarda "Rosneft” (79-o‘rin, kapitalizatsiya – 75,65 milliard dollar) va "Sberbank” (86-o‘rin, kapitalizatsiya – 72,19 milliard dollar) joy olgan. 2011-yilgi natijalar bilan taqqoslaganda, uchala kompaniya ham reytingda pastlagan. Bir yil avvalgi "FT Global 500”da "Gazprom” 15, "Rosneft” 56 va "Sberbank” 73-o‘rinda edi. "FT”ning qayd etishicha, jahonning eng yirik 500 kompaniyasining umumiy kapitalizatsiyasi bir yil davomida 3,6 foizga kamayib, 25,3 trillion dollarni tashkil etgan. Umumiy kapitalizatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni (o‘tgan yildagi kabi) banklar (umumiy qiymati 3,84 trillion dollarga teng bo‘lgan jami 71 kompaniya) egallagan. Neft va gaz sohasida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar esa ikkinchi bo‘lishgan (umumiy kapitalizatsiyasi 3,27 trillion dollarga teng bo‘lgan jami 43 shirkat). | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 676 | |
Всего комментариев: 0 | |