Главная » 2012 » Апрель » 8 » Jamshid Zokirov olamdan o‘tdi
12:59
Jamshid Zokirov olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktori Jamshid Zokirov 7-aprel kuni olamdan o‘tdi. Aktor 64 yoshda edi.

Aktor so‘nggi bir yil davomida saraton xastaligi bilan kurash olib bordi. Davolanish kursini o‘tash bir necha xorij mamlakatlarida ham bo‘lgan edi. Aktorning rafiqasi, so‘nggi bir yil ichida teatr va radiodagi ishini to‘xtatgan Gavhar Zokirova doimo turmush o‘rtog‘ining yonida bo‘ldi.

Teatr va kinoda o‘nlab rollarni ijro etgan Jamshid Zokirov "Kelinlar qo‘zg‘oloni”, "Temir xotin”, "Shaytanat”, "Suv yoqalab” va boshqa qator filmlarda muxlislar mehrini qozongan edi. U, shuningdek, 2011-yili rus kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan "Visotskiy. Tirikliging uchun rahmat” filmida ham suratga tushgan edi.

Категория: MASHXURLAR XAYOTI | Просмотров: 848 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 3
14:47
Joylari Jannatda bølsin.Oilasidagilarga sabr tilayman.Kinolarda rol' øynashi manga yoqardi...
13:09
oila a'zolariga sabr tilaymiz
13:08
afsus...
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]