22:43 Joze Mourinyo “Real” o‘yinchilarini ayg‘oqchilikda aybladi | |
Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zining “O‘zgacha” nomli yangi avtobiografiyasida sobiq klubidagi o‘yinchilar bilan yuz bergan nizolar haqida aytib o‘tgan. Jumladan, murabbiy “Real” o‘yinchilarini ayg‘oqchilikda gumon qilgan holda mehmonxonalarning birida o‘z xonasidan eshitish moslamasi topishga harakat qilgan. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib xabar berdi. 2010—2011-yilgi mavsumda “Barselona” bilan qayd etilgan va “Real”ning chempionlik poygasidagi imkoniyatlarini yo‘qqa chiqargan 1:1 hisobidagi o‘yindan so‘ng Mourinyo o‘z o‘yinchilariga tanqid toshlarini yog‘dirdi. “Sizlar hammangiz sotqinsiz. O‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan tarkibni oshkor etmaslikni so‘ragan edim. Ammo sizlar menga sotqinlik qildingiz va men tomonda emasligingizni ko‘rsatdingiz. Yagona ishonchli odamim—bu Granero. Biroq u haqida ham biror narsa deya olmayman. Mening hech qachon bunchalik bo‘lmag‘ur jamoam bo‘lmagan edi”, — deya Mourinyoning avtobiografiyasidan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo nashri. Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo Madridning “Real” jamoasida 2010—2013-yillarda bosh murabbiylik qilib, jamoasining mamlakat chempionligi, kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritishida, shuningdek, Yevropa Chempionlar ligasida 3 marta yarim finalgacha yetib borishida o‘zining hissasini qo‘shgan edi. | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 554 | |
Всего комментариев: 0 | |