14:39 Kamoliddin Raxmatov_"Onam_Mani" | |
O'g'il qiz suyanchi dilga bardoshsiz. Ta'rifingiz sizni hich bir qo'shiqga sig'mas Oqila bir sarbon bizlarga boshsiz. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. To'qqiz oy vujudda avaylab asrab, Yorug' dunyo yuzin etdingiz in'om, Tunlar beorom oq yuvib tarab. Berdingiz oq sut ila hayotga ilhom, Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Arzigay qanchalar aylasak e'zoz, Bir etak bolaga berdingiz mehr. Madhingiz madh etar qo'llardagi soz, Kuyim allangizdan olgandir sehr. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Akayu singillar qilganda to'ylar, Yoru yaqinlarga to'lganda uylar. Mehr bilan jo'shib kuylagim kelar, Siz o'ynab kulsangiz onajonginam. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. So'zingiz qalbimda ko'z ochgan bahor, Mehringiz dilimda chertilgan dutor. Ko'klarga ko'tarib aytayin aliyor, Siz o'ynab kulsangiz onajonginam. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Baxtimizga kop yil umr ko'ringiz, Orzu havaslarga to'lsin dilingiz. Doim ta'zimdadir o'g'il qizingiz. Siz o'ynab kulsangiz onajonginam, Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Onam manim onajonginam onam manim mehribonginam. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. Onam manim onajonginam onam manim mehribonginam. Onam manim jonim manim mehribonim borim manim. | |
Категория: Qushiq matni | Просмотров: 803 | |
Всего комментариев: 0 | |