06:45 Kanada Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi | |
Kanada Mariupolning o‘qqa tutilgani va natijada tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani tufayli Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi. Bu haqda Kanada xalqaro savdo vaziri Kiyevdagi brifingda aytib o‘tdi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”. “Biz Mariupoldagi voqealardan va Rossiyaning Ukrainaga nisbatan tajovuzi davom etayotganidan g‘azabdamiz”, — dedi u. Vazir Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar o‘z ittifoqdoshlari — AQSh va YeI davlatlari bilan hamkorlikda joriy etilishini aytdi. U Kanada Ukraina tinch hayotga qaytishi uchun mamlakatga zarur barcha yordamni taqdim etishini qo‘shimcha qildi. Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 2126 | |
Всего комментариев: 1 | |
| |