22:31 Ko'ngli nozik biling, Yigitlarni ham | |
ko'rkam yigit bo'lgan edi, Hayotga yaxshilik ila boqardi. Uning yolg'iz onasidan boshqa, Hechkimi yo'q edi dunyoda. Birdan-bir orzusi, Sevgan insonini baxtli qilish edi asli. Qiz o'ziga to'q oiladan emasmi toabad, Yigit bo'lardi doim xijolat. Uchrashishardi o'zi kamdan-kam, Qiz faqat nolirdi, hech gap-so'zdan ham. "Qanaqa noshudsiz ?, Hali ham sovchi yubormadiz!" Qizning bu so'zlaridan, Yigitning ko'ngli og'ridi birdan. Chunki, atayin qilgani yo'q edi buni, To'y qilishga hozir yo'qdir imkoni. Qiz, uning sharoitini tushunmadi, Yuzini ters qilib, oldidan turib ketdi. Yigitning xayolida bir so'z gavdalanaverdi, "Buncha noshudsiz ?" so'zi aylanaverdi. Ko'ngli nozik derlar qizlarni har doim, O'sha qalb, o'sha yurak, bor emasmi yigitlarda ham ? Bu so'zlarni ko'tarishga yo'l qo'ymagan g'ururi, Keldi yigit uyga, qo'y-sigirlarin sotgani. Yigit to'yni boshlash uchun, Yig'di bor mol-davlatin. Aslida yana ozroq sabr qilib yigit, Qilmoqchi edi avval yaxshi sharoit. Ana undan so'ng to'yni boshlab, Baxtli qilmoqchi edi, qizni e'zozlab. Ammo qizning sabri chidamadi bu holga, Berdi qo'lin boshqa bir badavlat yorga. Hechgapdan xabari yo'q yigit, Qizning uyiga jo'natdi onasin sovchi qilib. Yigit, onasidan xushxabar kutib, Qizning suratiga termulardi, xayollar surib. Ko'zida yosh bilan qaytdi mushtipar ona, Bu holni ko'rib, yigitning ko'ngli bo'ldi vayrona. Yigitning onasi aytdi bor haqiqatni, Qizning: -"Endi keldizmi ? Endi kech" degan gapini. Bu so'zlardan yigitning qalbi, Chil-chil sindi, shisha bamisoli. Deydilar buyuklar naqshi: "Yig'lamaydi, asl yigit kishi". Ammo, shunday qayg'ular bo'ladi-ki qalbda, Yigit kishi ham, bardosh berolmas bu dardga. Bugun yigitning qalbi alamda cheksiz, Ayriliq azobida yig'ladi, mudom mungsiz. Onasi yupatmoq istab, Bag'riga bosdi o'g'lini daldalab. Ne orzu- umidlar qilmagandi deysiz, Qani endi yana ozroq sabr qilganda edi qiz. Ne ezgu-maqsadlar qilmagandi deysiz, Sho'rlik muhabbati, xo'rlandi essiz ... Oradan yillar o'tib, Bu azoblarni yengdi yigit sabr qilib. Sabr tagi oltin emasmi hayotda, Uylandi yigit, boshqa bir go'zal qizga. Onasi va suyukli yori bilan birga, Yashamoqda baxtli bir umrga. Aytishlaricha, sabri chidamagan bevafo qiz, Yashamoqda harkungi janjallar bilan baxtsiz. Iymonli yigitlarning sevgisin, Afsus, ayrim bevafo qizlar qilishar chilpar-chin. Nahot bir bor o'ylashmaydi qalblarin ? Qaytar dunyo emasmi bu gaplarim ??! ... | |
Категория: SEVGI | Просмотров: 678 | |
Всего комментариев: 20 | 1 2 » |
| |
1-10 11-20 | |