Главная » 2012 » Январь » 26 » KO`ZLARINDA MEN UCHUN MANO BO`LMASA
12:24
KO`ZLARINDA MEN UCHUN MANO BO`LMASA
Meni qiynamagin xastai jon deb,
Vafosiz ham bilmasman ko'ngling bo'lmasa.
Ketarman so'z demay endi yoningdan,
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Achinmagin meni Majnun holimga,
Nigohlarim qalbingga titroq solmasa,
Bog'lamagin iltimos meni o'zingga.
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Yonimdasan lekin ko'ngling o'zgada,
Men bilan yuraging nurga to'lmasa,
Mayli o'ylamasdan borgin u tomon,
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Dil inson so'zi ila chiqarmas hukm,
Sevganing o'ngingdan hech yo'qolmasa,
Hayotim mazmuni qoladi senda,
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Shivirlar bu lablar menga nimani,
Yo aytolmay ikkilanib turarmu hanuz,
Ayriliqdan qo'rqaman o'zga yo'l qani,
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Ortingdan qararman og'ir bu kunlar,
Ishqimdan kelajakka umid bo'lmasa,
Ayt men qandayin yashay olaman,
Ko'zlaringda men uchun ma'no bo'lmasa.
Категория: SEVGI | Просмотров: 758 | Добавил: TEKTONIK
Всего комментариев: 5
09:37
Qoyil gap yo yana bormi
20:15
yana kutamiz
20:15
z6r tektonik
18:43
Omad
18:43
zur
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]