Главная » 2015 » Март » 5 » Krishtianu Ronaldu o‘zining mumdan yasalgan haykalining sochini turmaklash uchun stilist jo‘natdi
15:15
Krishtianu Ronaldu o‘zining mumdan yasalgan haykalining sochini turmaklash uchun stilist jo‘natdi

Krishtianu Ronalduning Madriddagi Museo de Cera muzeyida joylashgan mumdan yasalgan hakaliga stilist xizmatlari kerak bo‘lib qoldi. Bu haqda muzeyning direktorlaridan biri Gonsalo Presa Cadena Ser Catalunya nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Arena.uz”.

“Krishtianu mumdan qilingan figuraning juda soz bo‘lishi kerakligini aytdi”, − deydi Presa. Uning so‘zlariga ko‘ra, oyda bir marta “Real” va Portugaliya hujumchisi muzeyga o‘zining parikmaxerini yuboradi va u haykalning sochi bilan shug‘ullanadi.

“Sochlar tabiiy. Bu sintetik parik emas. Ularni Hindistondan olib kelinadi”, − deydi Presa.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 2218 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]