15:59 “Mail.ru” 2012-yil boshida mikroblog servisini ishga tushiradi | |
“Mail.ru Group” kompaniyasi 16-dekabrda “Futubra” nomli multimediya mikroblog xizmatini taqdim qildi. Hozirda futubra.com domenida ishga tushadigan servis yopiq; faqat keyingi yilning yanvar oyida ochiladigan beta-versiyasida ishtirok etish uchun pochtani qoldirish mumkin. “Futubra”ning joriy sahifasi “Futubra” matn, fotosurat va videoni birlashtirgan bo‘ladi. Biror mavzuni kuzatib borish, guruhlar va tadbirlar yaratish mumkin. Servisning to‘liq imkoniyatlari hali ma’lum emas. “Futubra” hozirda alohida-alohida rivojlanayotgan “Twitter”, “Instagram”, “Tumblr” kabi servislarning yig‘indisi bo‘ladi. Albatta, “Futubra”, asosan, “Twitter” mikroblog servisi bilan raqobat qiladi. Beta-versiyasi ishga tushishi bilan servisning mobil qurilmalar uchun versiyalari ham taqdim qilinadi. “Mail.ru” o‘zining “Moy Mir” ijtimoiy tarmog‘i va “Mail.ru Agent” xabarlashuvchisiga biriktirilgan mikrobloglar imkoniyatiga ega. Servis “Mail.ru” portalidan alohida ishga tushiriladi va portal bilan integratsiya qilinmaydi. Futubra, Mail.ru, Mail.ru Group Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 630 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |