Главная » 2015 » Февраль » 3 » Merkel Kiyevga qurol yetkazib bermasligini aytdi
07:46
Merkel Kiyevga qurol yetkazib bermasligini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel 2-fevral, dushanba kuni Vengriyaga tashrifi davomida Ukraina sharqidagi nizolar faqat diplomatik vositalar orqaligina hal etilishi kerakligini aytdi, deb yozadi Interfax. Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk kelishuvlari “Ukraina hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun yaxshi baza”dir.

Merkel, shuningdek, Germaniya Ukrainaga qurol yetkazib bermoqchi emasligini qayd etdi.

O‘z navbatida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbano Vengriyaning ham Ukrainaga qurol yetkazib berish niyati yo‘qligini ta’kidladi. Uning ishontirib aytishicha, mamlakat Ukrainada tinchlik bo‘lishini yoqlab chiqadi va nizolar yanada avj olishiga yo‘l qo‘yish kerk emas, deb hisoblaydi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 2078 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]