13:55 Merkelning yarim yalang‘och yangi zelandiyalik bilan tushgan surati internetda tarqalib ketdi | |
Germaniya kansleri Angela Merkel G20 Katta yigirmalik sammiti uchun Avstraliyaga tashrifi oldidan Yangi Zelandiyani ziyorat qilib o‘tdi. Bu haqda Korrespondent.netxabar bermoqda. Boshqa tadbirlar bilan birgalikda, Merkel Yangi Zelandiya ramzi bo‘lmish Kivi qushini “ozod etish” marosimida qatnashdi. Unda kansler maoricha salomlashish udumini bajarib, yarim yalang‘och mahalliy xalq vakili bilan “burun berib” (burunga burunni tekkizib) ko‘rishdi. Marosimdan olingan suratlar yevropalik internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Shuningdek, Merkel nutq so‘zlab, Yangi Zelandiyaga Rossiyaga qarshi “ sanksiyaviy urush”da Yevropani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: Daryo.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 533 | |
Всего комментариев: 0 | |