09:34 Mira «Jonim» guruhini nega tark etdi? | |
Hamma joyda gap-so'z bo'lib borayotgan "Jonim" guruhi a'zosi Mira Fatullaevaning guruhni tark etishiga sabab nima ekanligini bilish maqsadida biz Mira bilan bog'landik. Xo'sh, guruhdan Mira nima sababdan chiqib ketdi va endilikda u nima bilan shug'ullanishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan? Quyida Mira bilan uyushtirilgan kichik suhbatni e'tiboringizga tortiq etamiz. SB.uz: Mira "Jonim" guruhini nima sababdan tark etdingiz? Mira: Aslida, guruhni tark etishni mutlaqo istamagan edim. Guruh tarkibida hali uzoq vaqt ijod qilishni juda-juda istagan edim. Afsuski oilaviy sharoitimga ko'ra guruhni tark etishga majbur bo'ldim. SB.uz: Endichi, nima bilan shug'ullanmoqchisiz? Mira: To'g'risini aytganda, Moskvaga uchib ketishim kerak edi. Ammo, ba'zi kutilmagan sabablarga ko'ra bu safar noma'lum muddatga qoldirildi. Endi, balki homiy izlashga harakat qilarman. Chunki, men shou-biznes olamisiz o'zimni kuchli "depressiya"da his etyapman. Demak, guruhni tark etishim va shu holatga tushishim kerak bo'lgan ekan, shunday ham bo'ldi. SB.uz: Ko'pchilik sizni guruhdan ketishingizga sabab, qandaydir kelishmovchilik bo'lsa kerak degan tahminga borishmoqda... Mira: Yo'q, hech qanday kelishmovchilik bo'lmadi. Shahzoda bilan ham, "Tarona" jamoasi bilan ham juda iliq munosabatdamiz. Negadir hamma o'rtamizda qandaydir nizo bo'lgan, deb o'ylashadi. Buning bari bo'xton! SB.uz: So'ng so'z o'rnida nima demoqchisiz? Mira: Men doimo JONIM bilan, qalbim bilan bu guruhni sevib, qo'llab-quvvatlab qolaman! | |
Категория: Shou biznes | Просмотров: 992 | |
Всего комментариев: 18 | 1 2 » | ||||||||||||
| |||||||||||||
1-10 11-16 | |||||||||||||