15:41 Mobil telefon ishlab chiqaruvchi top-10 kompaniyalar, Gartner – 2012 | |
Nufuzli "Gartner” tadqiqot kompaniyasi 2011-yil uchun jahon mobil telefonlar bozori yakunlarinie’lon qildi. Unga ko‘ra Finlandiyaning "Nokia” kompaniyasi bu yil ham yetakchilikni o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa-da, biroq uning sotuv hajmi yildan-yilga tushib ketmoqda. Shu bilan birga, Janubiy Koreyaning "Samsung”, AQShning "Apple” va boshqa bir qator (hatto, ba’zilarining nomi ham yo‘q) Xitoy kompaniyalari esa jahon mobil telefonlar bozorida yangi marralarni egallamoqda. Avval xabar qilganimizdek, jahon mobil telefonlar bozori tahlilini yana bir tadqiqot kompaniyasi – "IDC” ham olib boradi. Biroq, "IDC” o‘z hisob-kitoblarida mobil telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining sotuv kanallariga chiqargan qurilmalarini hisoblasa, "Gartner” esa, aksincha, yakuniy iste’molchiga yetib borgan mobil telefonlar hisobini yuritadi. Shunday qilib, "Gartner” ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda jahonda jami 1,77 milliard dona mobil telefon sotilgan bo‘lib, bu 2010-yilga qaraganda 11 foizga ko‘p demakdir. Bunda birgina smartfonlar savdosi 2010-yilga qaraganda 58 foizga o‘sib, 472 million donani tashil qildi. Bu esa umumiy mobil telefonlar bozorining 27 foiziga teng. Quyida 2011-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p mobil telefon sotishga muvaffaq bo‘lgan kompaniyalar reytingi berilgan. Yuqoridagi kompaniyalardan to‘rttasi – "LG Electronics”, "Sony Ericsson”, "Motorola” va "Research in Motion” ham sotuv hajmi borasida, ham daromad borasida yaxshi natijalar ko‘rsata olishmadi. Ustiga-ustak ular "ZTE” va "Huawei” kabi "kichik” o‘yinchilarga kurashda yengilmoqda. Endi 2012-yil uchun prognozlarga keladigan bo‘lsak, "Gartner” bu yili mobil telefonlar savdosining 7 foizga o‘sishini, bunda smartfonlar savdosi esa 58 foizga o‘sishini taxmin qilmoqda. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 705 | |
Всего комментариев: 5 | |
| |