Главная » 2014 » Декабрь » 6 » “MTS”dan UMSga “meros qolgan” xizmatlar ma’lum bo‘ldi
05:40
“MTS”dan UMSga “meros qolgan” xizmatlar ma’lum bo‘ldi

Facebook’dagi Mobinews.uz sahifasi yangi UMS operatori MTS Uzbekistan’dan nimalarni “meros qilib olgani”ni sanab o‘tdi.

“MTS”dan “qolgan xizmatlarning birinchisi sifatida Mijozlarga ko‘mak berish markazining qisqa raqami — 0890 tilga olindi. Ushbu raqam “MTS”ning Armaniston, Belarus, Rossiya, Turkmaniston va Ukrainadagi barcha abonentlari uchun yagonadir.

Bundan tashqari, dastlab faqat poytaxt uchun mo‘ljallangan, endi esa butun respublikada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan (+998 97) prefiksi ham UMS ixtiyoriga o‘tdi.

“Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi” (“Vam zvonili”) xizmati avvaliga Uzdunrobita’dan “MTS”ga, endi esa “MTS”dan UMSga o‘tgan servis sifatida aytib o‘tildi.

Shuningdek, “MTS”da amalda bo‘lgan “Va’da qilingan to‘lov” (“Obeshchanniy platyoj”) xizmati ayni paytda UMS’da ham mavjud.

 

 

Manba: Daryo.uz

Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 3712 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]