Главная » 2015 » Март » 20 » Munisa Rizaeva yangi albom taqdimotini o’tkazdi!
08:43
Munisa Rizaeva yangi albom taqdimotini o’tkazdi!

O’zbek estradasi xonandasi Munisa Rizaeva bugun o’zining yangi albomini taqdimotini o’tkazdi. «Discovery» musiqiy disklar do’koni tomonidan sotuvga chiqarilgan Munisa Rizaevaning yangi albomi «Qalbim navosi» deb nomlandi. Mazkur albomdan xonandaning 21ta taronasi o’rin olgan.

Bu albomdan o’rin olgan qo’shiqlar orasida hali hech qayerda jarang sochmagan taronalar ham o’rin olgan. Munisa Rizaeva bugun nafaqat yangi albomini, balki 2014-yilda taqdim etilgan yakkaxon konsert dasturi DVD disklarini ham keng ommaga havola qildi. Endilikda siz mazkur disklarni qo’lga kiritish uchun «Discovery» musiqiy disklar do’koniga tashrif buyurishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Категория: Shou biznes | Просмотров: 2359 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 1
08:44
Manba SB.UZ
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]