Главная » 2011 » Сентябрь » 4 » Naushnikning zarari..
20:27
Naushnikning zarari..




Kundalik hayotimizda har bir buyumning o’z o’rni bor. Ba’zilari hayotimiz uchun



zarur, boshqalari esa hayotimiz, sog’lig’imiz uchun zararli buyumlardir. Texnika kundam-kunga rivojlanib, biz uchun qulay bo’lgan yangidan-yangi buyumlar ixtiro qilinyapti. Shular jumlasidan kompyuter, uyli telefon, player, naushniklarni misol qilib olishimiz mumkin. Xo’sh, bu buyumlar bizning hayotimizda qanchalik muhim ro’l o’ynaydi? Bugungi kunimizni uyali telefonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Katta-yu kichikda telefon. Hatto maktab o’quvchilarida ham. Kompyuter, uyali telefondan uzoq vaqt tinimsiz foydalanilganda,uning inson hayoti uchun zararli tomonlar haqida ko’p marotaba so’z yurutildi. Lekin uyali telefon naushnigining ham zararli ekanligini bilasizmi?
Naushnik uyali telefondan kelayotgan radiatsiyani kamaytirar ekan. Lekin bu moslamadan noto’g’ri foydalanish oqibatida esa eshitish organlariga zarar yetadi. Odam qulog’i sog’lom bo’lganida 10-15 detsibel tovushlarni payqay oladi. Aslida barglar to’kilayotganda 20, sekin ovoz bilan so’zlashganda 20-30, soat chiqqillashida 30, suhbat jarayonida 30-35 detsibel tovush hosil bo’ladi. Uyali telefon naushnigida esa 120 detsibel tovush hosil bo’ladi. Bunday baland tovush nafaqat eshitish organiga, balki asab tizimlariga ham yomon ta’sir ko’rsatadi.
90 detsibeldan baland bo’lgan tovush eshitish, asab tizimida joylashgan tolalarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Bu asab tolalari 30 mingtani tashkil etib, juda baland tovushda 25 foizi halok bo’ladi. Tolalarning yarmidan ko’pi halok bo’lsa, inson kar bo’lib qolishi ham mumkin. Uyali telefon naushnigi orqali musiqa eshitishga mukkasidan ketgan bolalar avvaliga yaxshi eshitmayotganligini sezmasligi mumkin. Ularga baland ohangda gapirmasangiz eshitmaydi, suhbat jarayonida esa bitta gapni bir necha bor takrorlashingizga to’g’ri keladi. Agar siz shunday holatni sezsangiz dar hol quloq doktoriga murojat qilishingiz kerak.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 757 | Добавил: MR_ORIFJON
Всего комментариев: 3
12:38
Tog'ri
18:46
xm man shunaqaman tinmasdan naushnikda qushiq eshtaman u siz turomiman yuromiman uxlomiman xullas yashomiman tunda uxlavotganimda ham naushnik qulog'imda, mobodo chiqib ketsa uyg'onib ketaman, to naushnikni taqmagunimcha uyqim kemidi xullas naushnikga mukkasidan ketganmas naushnik uchun hayotidan kechgan desayam buladi mani. shu kasalim boshlanganiga 2 yil buldi lekin eshtishim yaxshi
23:23
Zararsiz narsani o'zi yo'q.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]