00:47 Nodirbek Holboyev bilan eksklyuziv suhbat o'tkaildi | |
Nodirbek Holboyev — 1984-yil 8-mayda Farg'ona viloyatida tavallud topgan. Nega san'at sohasini tanladingiz, bunga nima sabab bo'lgan?Tog'am Ohunjon Madaliyevga havas qilib.Sababi ham shu inson. Yoshlikdagi qziqishlaringiz haqida biz bilan o'rtoqlashsangiz. Yoshligimda faqat san'atkor bo'lishni orzu qilardim.Uydagilarga injiqlilik qilib musiqa maktabiga kirganman. Musiqa maktabida 5 yil o'qidim, keyin san'at kollejida taxsil oldim. Yoshlik paytlarimda o'rtoqlarimni atrofimga yig'ib konsert qilardik, mahallani boshimizga ko'tarardik. Mahallamizni katta yoshlilari: " Yig'ishtir, otarchilar,"- deb xaydashardi. Yana boshqa joyda davom ettirardik. Yoshlik paytlari boshqacha edi. San'at sohasi sizningcha qiyinmi yoki osonmi?Har bir kasbning o'ziga yarasha qiyinchiligi bor. Shuningdek, san'at sohasida ham.Kimlardir, san'atkorlarga mazza deyishadi. Bu noto'g'ri fikr. San'atkor har bir muxlisni ko'ngliga yo'l topishi kerak, bu oson ish emas<;/span>. Nega tele ekranlarda kam ko'rinmoqdasiz?Hamma narsani o'z vaqti bor. Yakkaxon konsertingiz qachon bo'lgan va qayerda? 2010-yilda "Qaldirg'och" deb nomlanga konsertim, Oltiariq tumani Xamza shaxarchasida bo'lib o'tgan. O'zbek san'atkorlardan qaysi san'atkorlarni qo'shiqlarini tinglab turasiz? Ustoz san'atkorlarni barchasini tinglayman va o'zim uchun saboq olaman. Ustozingiz kim va ular haqida ma'lumot berib o'tsangiz? Ustozim O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, shuxrat medali sohibi— Ohunjon Madaliyev. U insonni ta'riflashga til ojiz, bebaho inson edilar. Olloh rahmatiga olsin, joylari jannatdan bo'lsin! Eng yaqin do'stingiz kim? eng yaqin do'stim— ota-onam. Tasavvur qiling, sizni yo'nalishingizga umuman to'g'ri kelmaydigan yo'nalishda ijod qiladigan bir san'atkor sizga duet kuylashni taklif qildi, nima qilardingiz? "Jon" derdim. Duet kuylash niyatingiz bormi? Albatta, ayol honandalar bilan. Eshitishimizcha, iyul oyida siz va Qilichbek Madaliyev Moskva gastrol safarida bo'lgan ekansizlar. Ta'surotlar qanday bo'ldi?Ta'surotlarimiz juda ham zo'r. Bunchalik bo'ladi deb o'ylamagandik. Ollohga bexisob shukur! Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan shug'ullanasiz? Bo'sh vaqt kam bo'ladi-yu, bo'lib qolsa mobodo. To'yib uxlashga xarakat qilaman. Yaxshi dam, mexnatga xardam. Kiyinish uslubingiz qanaqa? Ko'proq klassichiskiy. Sevgan qizingiz bormi?Yo'q Bu suhbatdan ko'nglingiz to'ldimi?Ha Muxlislaringizga bo'lgan tilaklaringiz bormi?Tilagim omad va baxt hamroxlari bo'lsin! Har qanday sharoitda yaxshi kayfiyat tark etmasin ularni! | |
Категория: Shou biznes | Просмотров: 817 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |