Главная » 2011 » Декабрь » 10 » Nyu Yorkdagi yangi klip suratga olish ishlari
10:30
Nyu Yorkdagi yangi klip suratga olish ishlari

Shaxzoda va Sean Bay ijodiy xamkorligi bo'lgan "Flying tonight" taronasiga Nyu Yorkda klip suratga olindi. Sean Bay mazkur klipni suratga olish ishlarida qatnashish uchun Nyu Yorkga uchib keldi. Klipni AQShning mashxur klipmeykerlaridan bo'lgan Mustafa Mahdi o'z ijodiy guruxi bilan suratga oldi.

Suratga olish ishlarida maxsus taklif etilgan aktyorlar kafeda tasodifan uchrashib qolib, bir ko'rishda sevib qolgan yoshlarni rollarini ijro qilishdi. Tungi Manxettenning sirli yog’dulari ostidagi pentxausdan ochiladigan manzaralar ularga baxtli onlarni xadya etdi. Videoklip yanvar oyi o'rtalarida tayyor bo'lib Evropada taqdimoti bo'lib o'tgach bir qancha musiqiy kanallarda namoyish etiladi.

Shahzodaning rasmiy saytidan foydalanildi.
Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2 · Rasm 3
Категория: Shou biznes | Просмотров: 520 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 2
00:23
Omad
00:23
Shahzoda endi menga yoqmaydi
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]