23:58 O‘zbekiston aholisi uch oyda 82,5 ming kishiga ko‘paydi | |
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 1-aprel holatiga ko‘ra 29,637 million kishini tashkil etdi. Bu haqda, Davlat statistika qo‘mitasiga asoslanib, "Gazeta.uz” internet-nashri xabar bermoqda. Yil boshidan beri aholi soni 82,5 ming kishiga yoki 0,3 foizga ko‘paygan. Shahar aholisining soni 15 million 177,6 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa (aholi umumiy sonining 51,2 foizi), qishloq aholisi soni 14 million 460,3 ming kishi yoki umumiy aholi sonining 48,8 foizini tashkil etdi. Yanvar mart oylaridagi tug‘ilishi koeffitsienti, har ming 1000 kishiga, 17,1 promillega teng bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 0,3 promillega ko‘p demakdir (16,8 promille). Yilning birinchi choragidagi o‘lim koeffitsienti 4,8 promillega teng bo‘ldi (o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 0,2 promillega ko‘p). Qayd etilgan o‘lim holatlarining 65 foiziga qon aylanish tizimidagi, 6,7 foiziga yangi paydo bo‘lgan, 5,6 foiziga nafas olish tizmi bilan bog‘liq, 5 foiziga hazm qilish tizimi bilan bog‘liq kasalliklar va 4,4 foiziga noxush voqealar, zaharlanishlar va jarohatlar sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-mart oylarida bir yoshgacha bo‘lgan jami 1600 nafar bola vafot etgan. Yilning birinchi choragida respublika kelganlar soni 30,2 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, mamlakatdan chiqib ketganlarning soni 37,5 ming kishini tashkil etdi. Shunday qilib, migratsiyadagi salbiy saldo 7300 ming kishiga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 7100 kishiga teng edi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 863 | |
Всего комментариев: 0 | |