Главная » 2014 » Август » 5 » O‘zbekiston tadbirkorlari uchun tekshirishlar.uz sayti yaratildi
07:27
O‘zbekiston tadbirkorlari uchun tekshirishlar.uz sayti yaratildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-40609-sonli Farmoniga binoan Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining www.tekshirishlar.uz sayti yaratildi. Bu haqda Namangan viloyati Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, Namnews.uz xabar berdi.



Tadbirkorlar endilikda nazorat qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha barcha ma’lumotlarni ushbu sayt orqali olishlari mumkin.

Mazkur saytga hozirgi vaqtda Kengash va uning hududiy komissiyalari tarkibi, manzili, telefonlari (shu jumladan ishonch telefonlari), hududiy komissiyalar ishchi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali, tekshiruvlarni tartibga solishga doir amaldagi qonun hujjatlari, nazorat qiluvchi organlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish borasida ish olib borilmoqda.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 755 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]