Главная » 2014 » Август » 8 » O‘zbekistonda Coca-Cola sentabr oyidan boshlab 4000 so‘mdan sotuvga chiqadi
09:26
O‘zbekistonda Coca-Cola sentabr oyidan boshlab 4000 so‘mdan sotuvga chiqadi
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Coca-Cola mahsulotining O‘zbekistondagi narxini nazorat qiladi. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Sayfitdin Gafarov bergan ma’lumotga tayanib, Podrobno.uz xabar bermoqda.



Sayfitdin Gafarovning so‘zlariga ko‘ra, narxlarni nazorat qilish muassasaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun Coca-Cola’ga bo‘lgan yuqori talabni e’tiborga olgan holda ichimlikning bozordagi narxini ushlab turish uchun kerakli choralar ko‘riladi.

Davlat raqobat qo‘mitasi vakillarining ta’kidlashicha, Coca-Cola zavodi o‘z faoliyatini boshlagan. Kompaniya ichimliklari sotuvga sentabr oyida chiqariladi. Qo‘mita xodimlarining ma’lum qilishicha, 1,5 litrlik Coca-Cola 4000 so‘m atrofida sotiladi.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1556 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]