Главная » 2014 » Июль » 21 » O‘zbekistonda “Jiguli”larni rasmiylashtirish bilan bog‘liq cheklov bekor qilindi
11:48
O‘zbekistonda “Jiguli”larni rasmiylashtirish bilan bog‘liq cheklov bekor qilindi
Avvalroq MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan avtomobillar bilan bog‘liq notarial harakatlarga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi. Bu haqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhi a’zolari xabar bermoqda.



“Rossiya va Ukraina avtomobillarini rasmiylashtirish mumkin bo‘ldi, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri. — Bojlar o‘sha-o‘sha, hech narsa o‘zgarmagan”.

Foydalanuvchining aytishicha, bunday qaror Toshkent shahar adliya boshqarmasidan shahar notariuslariga kelib tushgan. “Notariusga qo‘ng‘iroq qilib so‘raganimda ular buni tasdiqladi”, — deya qayd etdi u.

Postga bildirilgan fikrlarning yarmida guruh a’zolari bunday yaxshi yangilik uchun minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa, qolgan qismi aslida MDHda chiqqan avtomobillarni rasmiylashtirish avval ham bekor qilinmagani, bu shunchaki mish-mish ekanini aytgan.

Post muallifi esa dalil sifatida MDH avtomobillari bilan bog‘liq notarial harakatlarni cheklash haqidagi hujjat nusxasi suratini ilova qildii.
Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 587 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]