Главная » 2014 » Апрель » 8 » O‘zbekistonda mobil telefon ishlab chiqarish 3,9 marta oshadi
22:29
O‘zbekistonda mobil telefon ishlab chiqarish 3,9 marta oshadi
O‘zbekiston elektr texnika sanoati korxonalari 2019-yilgacha maishiy elektr texnikasi bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish uchun 153,4 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan 2014—2018-yillarda elektr texnika sanoatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, hozirda amalda bo‘lgan maishiy texnika ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 24 ta loyiha amalga oshiriladi.

Dastur doirasida O‘zbekiston besh yil ichida televizor ishlab chiqarishni 4,6 marta (635 ming donagacha), mobil telefon chiqarishni 3,9 marta (1 million donagacha), sovitgich va muzlatkich ishlab chiqarishni 2,5 marta (600 ming donagacha) ko‘paytiradi.

Yangi maishiy texnika ishlab chiqarish Toshkentning “Algoritm”, “Foton”, “Motor zavodi”, Samarqandning “Sino” korxonalari bazasida, shuningdek, Navoiy, Jizzax va Angrendagi erkin iqtisodiy zonalarda yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Dastur korxonalarning o‘z mablag‘lari (77,8 mln dollar), o‘zbek banklari kreditlari (36,2 mln dollar) va xorijiy investitsiyalar (39,4 mln dollar) hisobidan moliyalashtiriladi.
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 636 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]