Главная » 2015 » Февраль » 20 » O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi
20:38
O‘zbekistonlik taekvondochi Jasur Boyqo‘ziyev dunyo reytingida 1-o‘ringa chiqib oldi

Taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Jasur Boyqo‘ziyev Rio Olimpiadasi yo‘lidagi dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”. Boyqo‘ziyevning 2016-yilgi Rio Olimpiadasiga borishi deyarli oydinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Boyqo‘ziyev o‘tgan hafta Antaliya shahrida o‘tkazilgan Turkiya Ochiq chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Ushbu musobaqada 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari ham o‘ynalgandi.

Boyqo‘ziyev hal qiluvchi final bellashuvida britaniyalik Massop-Muhammad Lutaloni mag‘lubiyatga uchratgandi. Yarim finalda ozarbayjonlik Radik Isayevdan ustun kelgan bo‘lsa, chorak finalda italiyalik raqibi Karlo Molfetta taslim etilgan edi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 2243 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]