15:47 O'zga yurtda yurgan o'zbek bolasiga | |
Yot yurtlarda yotday yurib nima topding, Yolg'izgina otday yurib nima topding. Yot o'rmonda Hatto arslon bo'zlab yurar, Begonaday davron surib nima topding? O'zga yurtning jamoliga oshiqmisan, Yo aldamchi shamoliga oshiqmisan, O'z yurtingning qirlarini tavof qilmay, O'zga yurtning tog'in ko'rib nima topding? Birovlarning bog'larini qo'riqlaysan, Hatto qarg'a zog'larini qo'riqlaysan, O'z bog'ingda yurganingga nima yetsin, Birovlarning bog'in qo'rib nima topding? Onangdayin mehriboning shu tuproqku, Ildizingu, tanu joning shu tuproqku, Yurtdan ketgan yuzi qaro bo'lar derlar, Yot yurtlarda yurib-yurib nima topding? | |
Категория: Yuklamalar | Просмотров: 811 | |
Всего комментариев: 9 | |||||||||||||
| |||||||||||||