Главная » 2012 » Май » 18 » ODKB Afg‘onistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi
00:00
ODKB Afg‘onistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)ga a’zo mamlakatlarning prezidentlari Afg‘onistonning tinch, farovon, mustaqil va betaraf, terrorchilik, giyohvand moddalar va xorijiy harbiy ishtirokdan holi davlat sifatida rivojlanishiga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi. Bu haqda, ODKBning 15-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan yubiley sessiyasida ODKBga a’zo mamlakatlarning rahbarlari tomonidan qabul qilingan Deklaratsiyagaasoslanib, "Gazeta.uz” internet-nashri xabar bermoqda.

Sammit yakunida qabul qilingan deklaratsiyada Afg‘oniston hududida giyohvand moddalar yetishtirish, ayirboshlash va sotish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf solishda davom etayotganidan xavotir bildirildi, Afg‘onistondagi terrorchilik harakatlarining faolligi esa Markaziy Osiyo mamalakatlari xavfsizligiga salbiy ta’sir qilayotgani aytildi. Hujjatda ODKB mas’ul hisoblangan hudud bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan Afg‘onistondagi Xavsizlikni ta’minlashga ko‘maklashuvchi xalqaro kuchlar (ISAF)ning olib chiqilishi, mandatning bajarilgani to‘g‘risidagi hisobotdan so‘ng, BMT Xavfsizlik kengashining qarori asosida amalga oshirilishi shart ekanligi qayd etildi.

Shuningdek, Yaqin Sharq, G‘arbiy Osiyo, Shimoliy Afrikadagi vaziyat, Suriyadagi va Eron yadroviy dasturi atrofidagi voqealar muhokama qilindi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi imzolanganligini 20 yilligi hamda ODKB tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlangan sammitda Armaniston prezidenti Serj Sargsyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 551 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 1
13:50
xa butun dunyoda tinchlik bosin
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]