17:25 “Odnoklassniki” may oyi oxirigacha o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilinadi | |
"Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq vakili Aleksandr Izryadnovga asoslanib "RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. Ijtimoiy tarmoqning o‘zbekchaga tarjimasi mobil versiyadan boshlandi. Bunga ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan 2 million o‘zbekistonlik foydalanuvchidan 1,55 million aynan mobil qurilmalardan saytga kirishi sabab bo‘lgan. Hozirda saytning mobil versiyasida o‘zbek tilida foydalanish mumkin. "Odnoklassniki” ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning 20 foiz foydalanuvchilari aynan O‘zbekistonda istiqomat qiladi. May oyi oxiriga qadar saytning "to‘liq” versiyasi ham o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Bundan tashqari, yaqin vaqt ichida "Odnoklassniki”ning iOS, "Android”, "Windows 7” bazalaridagi mobil qurilmalar uchun mo‘ljallangan versiyalari ham o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Ijtimoy tarmoq rahbariyati "o‘zbekcha” yo‘nalishni rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Masalan, mahalliy foydalanuvchilar mamlakatdagi eng mashhur o‘yinlar ro‘yxatini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. "Odnoklassniki” O‘zbekistondagi ijtimoiy tarmoqlar orasida yetakchi hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoq vakillari bergan ma’lumotga ko‘ra, 2011-yilda saytning O‘zbekistondagi auditoriyasi uch baravarga ko‘paygan. Jahondagi eng yirik va ommabop ijtimoiy tarmoq – "Facebook”ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari soni, "SocialBakers” xizmatima’lumotlariga ko‘ra, 130 mingga yaqin. "Odnoklassniki”gacha ham o‘zbek tilida ijtimoiy tarmoqlar ishga tushirilgan bo‘lib, Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari soni 22 ming nafardan ortib ketgan. Ta’kidlashdan joiz, bu ijtimoiy tarmoqqa O‘zbekiston mobil aloqa operatorlarining abonentlarigina a’zo bo‘la oladi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 655 | |
Всего комментариев: 2 | |
| |