Главная » 2012 » Ноябрь » 7 » Онажоним келсайдинг
21:05
Онажоним келсайдинг

Rossiyada qishda sovuq quyuq o'rmon ichida,
Seni qanday sog'inganim onajonim bilsayding.
Kechalari bedor bo'lib sog'inchning bu kuchida,
Tushlarimga boshim silab onajonim kelsayding.

Do'st yorlarim yolg'iz tashlab ketganda yuzin burib,
Seni mexring qanchalar sog'inganim bilsayding.
Ko'zimdan ilk tomchi oqqan yoshlarimni bir ko'rib,
Tushlarimda boshim silab onajonim kelsayding.

Yigitga or bilib yoshni yursam qo'yib tishni tishga,
Yig'laganim faqat bir zot faqat o'zing ko'rsayding.
Kechalari bedor bo'lib tongda yana chiqsam ishga,
Tushlarimda boshim silab onajonim kelsayding.

Yigit qaddim egildi lol qoldim atirgulday so'lib,
Bu azoblar jonim olmas ketarman bir kunim ko'rib,
Onajonim sening vasling armon bo'lib ketmay o'lib,
Tushlarimda boshim silab onajonim kelsayding.

Yo'q bu yerlarda o'lmayman men axir sendan qarzim bor,
Bo'ynimda bir yigitligu o'g'il degan farzim bor,
Onam xali o'lmayman men Makatullox qarzim bor,
Tushlarimda boshim silab onajonib kelsayding.

Sochlaringa oq tushibdi onam qarib bo'ldingmi?
Men yig'lasam yig'laganding kulganimda kuldingmi?
Tushimga xam kirmay qo'yding yoki xafa bo'ldingmi?
Tushlarimda boshim silab onajonim kelsayding,
Shohrux seni qanchalar soginganin bilsayding! . . .
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 658 | Добавил: celebrity_girl
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]