Главная » 2011 » Август » 20 » OPPOQ QOR
16:05
OPPOQ QOR



Hotiralarni qo`zg`ab yog`ib berdi laylak qor,
Yana esimga tushdi ul bevafo go`zal yor.
Ho`p ajoyib dam edi qorli, qirovli kunlar,
Mas`rur edim baxtimdan, shirin tush ko`rib kunlar.

Laylak qor yog`ganida uni ilk bor ko`rgandim,
Ko`rib uni qalbimda sehrli his tuygandim.
U`turardi qarshimda shiringina jilmayib,
Qor shu onda atayin yog`ar edi kuchayib.

Men hech ko`z uza olmadim betakror ko`zlaridan,
Maftun bo`lib qolgandim samimiy so`zlaridan.
U juda dilbar edi kulib turardi yuzi,
Kulguchlarda yashirin bor edi shirin nozi.

Ilk muhabbatim edi ul bevafo go`zal yor,
Uchratgandim men uni yoqqanida laylak qor.
Samimiy suhbatidan zavq olardim bir jaxon,
Uchratmagandim avval bunchalik shirin zabon.

Qo`l ushlashib yurardik bog`lar ichra ikkimiz,
Hayolimda bir umr buzilmasdi sevgimiz,
Sirdoshim edi tanho ul bevafo go`zal yor,
Tanishgandim u bilan yoqqanida laylak qor.

Ko`zimizga tikilib tinmay suxbat qurardik,
Yoz oylari qirg`oqdan chig`anoqlar terardik.
Ahtu paymon qilgnadik ul bevafo yor bilan,
Qasam ham ichgan edik oppoq nafis qor bilan.

Tunlari uxlamasdan o`ylab chiqardim uni,
U aslo sevmas ekan sezmas ekanman buni.
Afsus meni tark etdi ul bevafo go`zal yor,
Sevgan edim men uni yog`ganida laylak qor.

Ko`rdim boshqasi bilan yurardi bevafo yor,
Samodan esa tinmay yog`ar edi laylak qor.
Hotiralrni qo`zg`ab yana yog`di laylak qor,
Yurib borardim sekin kumush qish fasli edi.
Osmondan biram go`zal laylak qor yog`ar edi.

Nogoh nazarim tushdi ul bevafo go`zalga,
Negadur harakati o`xshardi telbalarga,
Jinni bo`lib qolganmi deb o`yladim men uni,
Surushtirib so`ng bildim haqiqatligin buni.

Aqldan ozgan edi ul bevafo go`zal yor,
Shunda ham esa tinmay yog`ar edi laylak qor.
So`ng biroz vaqtlar o`tdi balki oylar balki yil,
Bir fojia bo`lgandi aytolmaydi buni til.

Eshitdim-u yig`ladim, kelmas ed ishongim,
Har qancha bo`lganda ham men uni sevar edim.
Olamdan o`tgan edi ul bevafo go`zal yor,
Doimgidek samodan yog`ar edi laylak qor.

Bevafo bo`lsada u yashayversa bo`lardi,
Hayotda baxtli yursa ko`nglim nurga to`lardi.
Qalbim tig`langan edi endichi nima bo`ldi,
O`n gulidan bir guli ochilmaganim so`ldi.

So`nggi vaqtda negadur ko`proq yolg`iz yurarkan,
Laylak qor yo`g`ganida to`yib-to`yib yig`larkan.
Yoz oylari ham yolg`iz dengizlarga borarkan,
Qirg`oqlardan erinmay chig`anoqlar terarkan.

Avvalgidek shirin emas ekan uning so`zlari,
Mayus tortib qolibdi hatto humor ko`zlari.
Oxir chiday olmasdan joniga qasd qilibdi,
Tig`ni olib qo`liga tomirlarin tilibdi.

Yiqilibdi shu onda ul bevafo go`zal yor,
Qonga belanibdi zamin uzra oppoq qor.
Bevafoyim go`zalim nega meni tark etding,
Bechora oshig`ingni sen yolg`iz tashlab ketding.

Juda qattiq sevardim tashlab ketgan bo`lsangda,
Unutolmayman seni gar marhuma bo`lsangda.
Huzuringga borgandim ey bevafo go`zal yor,
Qabring ustiga tinmay yog`ar edi laylak qor.

O`ksib- o`ksib yig`ladim bag`rim bosib qabringga,
Bevafo bo`lsangda seni yetar edim qadringga.
Hotiralarni qo`zg`ab endi yog`ma laylak qor.

O`rik qiyg`os gulladi kapalaklar kelishdi,
Gulallar ifor taratib bahorligin aytishdi.
Quvonch bahshida etar ushbu fasli maftunkor,
Menki g`arib qabringga ko`z tikaman umidvor.

Qabring ustida jonim lola bo`lib ochilsang,
Asta-asta uzilib men tomonga sochilsin.
Nega qaldirg`och bo`lib in qurmaysa uyimga,
Qanoting qoqib mag`zun bo`y urmaysan bo`yimga.

Hech bo`lmasa samodan ko`z tikmaysan men tomon,
Tushlarimga ham kirmay rangim aylading somon.
Ayni damda xotira qiynamoqda dilimni ,
Bog`da sen uchun ekkan uzgim kelmas gulimni.

Seni eslatib turar hatto ona tabiat,
O`ylayman go`yo senga yaralgandek muxabbat.
Kuz boshlanar to`satdan qalbim sarg`ayib qolar,
Barg o`rniga orzular bitta-bitta to`kilar.

Hazondek rang kasb etgan,
Mening hasta yuragim.
Tezroq yoningga borish,
Mening yolg`iz istagim.

So`ramayman kerakmas yonib turgan yulduzlar,
Mayli muhim ham emas hatto kecha-kunduzlar.
Qaniydi porlab tursa mangu yumiq ko`zlaring,
O`zim ko`rib tursaydim har bir bosgan izlaring.

Sen bilan nafas olsam bu musaffo havodan,
Seni tortib osaydim shafqatsiz bu samodan.
Qor yog`di maydalab qabring ustiga jonim,
Azob bo`lar bu tarzdan har bir o`tkazgan onim.

Sovqotdimi jonginam nozikkina qo`llaring,
Nahot endi ko`rmaysan qor to`shalgan yo`lalring.
Shu qabr ichraerkam men yotsam bo`lmasmidi,
Gar hayot bo`lsang ekan gullaring so`nmasmidi.

Ha bilmaysan nozigim,
Sen ekkan gullaring so`ngan.
Sening yo`qliging bilgach,
Ular ham tamom bo`lgan.

Sensiz go`zalim gulim tinmay yig`lar bu yurak,
Bunday g`am chekib yashash aytginchi kimga kerak.
Go`yo tirik murdadir qiyofam hozir mening,
Qanchalar ko`rgim kelar charos o`zlaring sening.

Yashayapman yuzimda soxta tabassum bilan,
Qalb to`la zardobligin faqat o`zim bilaman.
Qaniydi imkon bo`lsa sen tomonga uchardim,
Ushlab olib qo`lingdan keyin maxkam quchardim.

Hech kimga bermasmidim ushlab olsam qo`lingdan,
Qo`yib yubormas edim o`shal nozik belingdan.
Ammo qachon keladi men kutgan o``sha laxza,
Har dam umid qilaman bo`lar deb bir mo`jiza.

Yodimdadir azizam biz yurib o`tgan yo`llar,
Qirg`oqlarda chopib biz sayr etgan ko`llar.
Har doimgidek yana o`rik qiyg`os gullaydi,
Kapalaklar parvona atrofida bo`ylaydi.

Sezib turaman guldan ari asal yig`adi,
Biroq tinmayin yurak o`ksib-o`ksib yig`laydi.
Tuyulaverar menga kamdek kimdir nimadir,
Bu senliging bilsamda til aytishga ojizdir.

Mayli azizam endi alvido deyman senga,
Baribir yolvorsam ham hecham qaytmaysan menga.
O`rik qiyg`os gulladi kapalaklar kelishdi,
Gullar ifor taratibbahorligin aytishdi.

Afsuski armon senga, o`riging qiyg`os gulladi,
Hotiralarni qo`zg`ab endi yog`ma laylak qor.
O`tinaman jon laylak qor hotiralarni qo`zg`ab,
Endi uni eslatma boshqa qiynalishni xoxlamayman.
Категория: Yuklamalar | Просмотров: 1178 | Добавил: kapalak
Всего комментариев: 251 2 »
11:54
Men buni telifonda eshituvdim zor sher
14:57
Rostanam xammasini öqidilami
20:43
zor gap yoq
11:02
raxmat
18:02
arzimidi
00:22
Omad mumtozim
18:07
manga qani
00:21
Zo'rakan omad
18:01
ha mazza qildizmi
19:57
qachon qor yog'arkin a
18:02
shuni etin qachon yog'arkin a
17:49
voy rasa zo'rakan manga yoqdi
18:03
vayyo mangayam yoqdi
17:32
raxmat biggrin
18:06
arziydi
17:32
omad
18:06
voy raxmat
1-10 11-16
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]