12:17 (“Osiyo” serialining voqealari rivoji) | |
Bu gal Temir va Osiyo o’rtasiga o’tmishdagi voqealar g’ov bo’ladi. Haydar Kozjuo’g’lilarga bo’lgan barcha nafratini Osiyoga yo’naltiradi. Otasining xotiniga dushmancha munosabatiga Temir yana qancha chidaydi? Ali va Malak qo’shni bo’lib olishgach, Osiyoning hayoti jahannamga aylanadi. Bir tomondan Haydarning haqoratlari… U bularga ortiq bardosh berolmaydi. Alining u bilan uchrashishga harakatlari yaxshilikka olib kelmasligi aniq. Zafarning Dafnaga qiziqishi kun sayin ortib boradi. Bu esa Karimning yuragida o’t yoqadi. Muhabbatni yangidan olov oldirish uchun rashkning o’zi yetarlimi? Dafna bunday vaziyatdan foydalanib qolishi kerakmi? Haydarning o’tmishi barchaga ma’lum bo’ladi. Ehson Temirga Haydar haqidagi haqiqatni ayta oladimi? Temir nihoyat otasi va Osiyoni yarashtirishga muvaffaq bo’ladi. Biroq singlisi tushkunlikka tushganini sezmaydi. Ali Osiyoga bo’lgan hislarini Malakka oshkor etadi. Ali Malakka Osiyoga bo’lgan hislarini oshkor etgach, undan uyni tark etishni talab qilishadi. Aks holda Temir hammasidan xabar topadi. Temir so’nggi paylarda xotiniga bee’tibor bo’lganini anglaydi va u bilan romantik sayohatga otlanadi. Juftlik baxtiyor onlarni yashab o’tayotgan bir paytda, Malak "qafas”ni tark etadi. Dafna Haydarga o’lim xavfini solib turgan Zafardan barchasiga izoh berishni so’raydi. Endi Zafar yo muhabbat, yo qasosni tanlashi kerak. Karim esa Dafnani Zafarga berib qo’yish niyati yo’q. Prokuror Suhayloga sevgi izhor etib unga uzuk sovg’a qiladi va unga turmushga chiqishini so’raydi. Suhaylo hayotidagi eng muhim qarorni qabul qilishi kerak. Ehsondan maslahat so’rasamikan? Osiyo homilador ekanini aniqlash uchun shifokorga boradi. Uyga qaytgan Temir esa singlisining vidolashuv xatini topib oladi. Temir singlisining o’limida Osiyo va Alini ayblaydi. Ali olganini olib bo’ldi, Osiyoga esa undan-da qiyin bo’ladi. Hayotining eng og’ir kunlarini yashab o’tayotgan Temir uzoqlarga ketishga qaror qiladi. Osiyo uni nohaq ayblashayotganiga ishonchi komil va Temirga homilador ekanini aytish yoki aytmaslikni bilmay qoladi. Bu yerlarni tark etayotgan Temir ortida farzandini qoldirib ketayotganidan xabari yo’q. Uning yuragida birgina Osiyoga bo’lgan nafrat va og’riq bor. Osiyo uni to’xtata oladimi? Osiyo homilador ekanini bilgan Ziyo juftlikning nikohini saqlab qolish uchun urinib ko’radi. Malakning o’limi Dogan va Kozjuo’g’lilar oilalari munosabatlarda yangi davrni boshlaydi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 2886 | |
Всего комментариев: 8 | |||||||||
| |||||||||