09:55 Osiyoning kichigi – Neftichilarning kattasi | |
Badaviylar avlodi Kuvayt uzoq tarixga ega. Miloddan avalgi yillarda ham ko'pgina mamlakatlar uning hududini talashib kelishgan. 18-asrda Najd viloyati (Saudiya Arabistoni) va Qatar yarim orolidan ko'chib kelib, fors ko'rfazuda qo'nim topgan Baviy(ko'chmanchi arab)qabilalarining vakillari bugungi Kuvayt aholisining ajdodlari hisoblanadi. Asrlar osha alohida qavmlar yagona Baniy Utub qabilasiga birlashishdi. Ularning dastlabki mmyashash joyi Frod daryosining janubiy quyilish joyiga Baniy Holid deb nom berildi. Ingliz turk mojarosi Kuvayt 19-20 asrda Ingliz va Turklar orasida tortishuvga sabab bo'ldi. Rasmiy ravishda Usmoniylar imperiyasi tasarufida bo'lsada aholining aksariyat turk shaxarlaridan ko'ra arab shaxarlari bilan ko'proq aloqa qilar esi.birinchi jahon urishi tugagachKuvayt Britanya protektoratiga aylandi. O'sha davrda saudiyaliklar bilan bo'lgan urush mamlakatga katta zarar yetkazdi.Kuvaytning asosiy boyligi hisoblangan marvarid ham bu davrga kelib o'z qadrini yo'qotdi. Chunki o'sha paytda sun'iy marvarid ihtiro qilingandi va mamlakat dunyoning eng qashshoq davlatlaridan biriga aylandi. Misrliklar yordami 1961 yilning 19 Iyunida Kuvayt mustaqil deb e'lon qilindi. Mamlakat qonunlari to'plamini esa amir tomonidan taklif qilingan misrlik qonunshunoslar jamlashdi. Monarxiya bo'lib monarxiya emas…… 1962 yili qabul qilingan konistitutsiyaga ko'ra Kuvayt konstitutsion monarhiya. Kuvayt fors ko'rfazidagi saylov orqali vujudga keladigan qonun chiqaruvchi organga ega yagona davlat hisoblanadi. Shuningdek bu mamlakat amiri va hukumat rahbari ham boshqa monarhiya davlatlaridan farqli ravishda saylov orqali tayinlanadi. Toj vorisini kim tayinlaydi? Davlat boshlig'I amirning vakolatlari qatoriga toj vorisi shahzodani tayinlash ham kiradi. Biroq tayinlangan shahzoda amir oila a'zolari tomonidan qo'llab quvatlanib milliy majlis tomonidan tasdiqlanishi shart. Borfiyu milliy majlis shahzodaga qarshi ovoz bersa amir yana uchta nomzod kursatishga majbur. Miilliy majlis esa uchtadan birini tanlab oladi. Shaharlashgan davlat Aholining 45%ni tub aholi (Kuvaytliklar) tashkil etadi. Qolganlari qo'shni arab respublikalaridan 35%,Eron,Pokiston va hindistondan 14% ko'chib kelganlardan iborat. Kuvaytda urbanizatsiya darajasi 98% ni tashkil qiladi va bu dunyo bo'yicha eng yuqori ko'rsantgichdir. Faqat neft emas… Kuvayt iqtisodiyoti neft va neft mahsuloti ustiga qurilgani barchaga ayon. Biroq mamlakat faqatgina ushbu mahsulot eksporti bilan cheklanib qolmasdan, mineral o'git va krivetkalar savdosidan ham mo'maygina daromad oladi. Mamlakat avtomobil yo'llarining uzunligi 4450km bo'lib ularning 80% qattiq qoplamali yo'llardan iborat. Kuvaytda oltita yirik dengiz porti(eng kattalari Al kuvayt va Minu Al Ahmadi )bo'lib undagi savdoning yarimidan ko'pi neft tashuvchi orqali amalga oshiriladi. Kichkina mamlakatda sakkizta mahalliy va halqaro aeroport mavjud. Shuningdek mamlakat bo'ylab vertalyot aloqasi yo'lga qo'yilgan. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 1113 | |
Всего комментариев: 1 | |||||
| |||||