Главная » 2012 » Январь » 3 » Ozish haqida maslahatlar!
22:32
Ozish haqida maslahatlar!
Semizlik mavzusi hech qachon dolzarbligini yo'qotmasa kerak. Ayniqsa, bugungi kunda! Ozishning taklif etilayotgan turlari juda ko'p. Quyida ana shunday usullardan birini keltiramiz. Bu yo'l bilan har uch oyda 6-7kg vazn tashlash aytarli muammo tug'dirmaydi. Qolaversa ochlik ham talab qilinmaydi. Faqat soat millarini kuzatasiz, xolos. Oshqozon soat 07 dan 09 gacha ishlay boshlaydi. Bu vaqt orasida nonushta qilib oling. Turli quyuq ovqatlar va meva-sabzavotlar bemalol iste'mol qilish mumkin. Sal keyinroq, ya'ni soat 09 dan 11 gacha oshqozon dam oladi. Lekin oshqozon osti bezi ancha faollashadi. Bu paytda oshqozonni ovqat yoki biror yegulik bilan to'ldirmagan ma'qul. Juda bo'lmaganda meva yoki yog'siz qatiq iste'mol qilish mumkin. Buyraklar va siydik pufagi soat 15 dan 19 gacha faol bo'ladi. Bu paytda ko'p suyuqlik ichish mumkin. Kechki ovqatga go'shtli taomlar iste'mol qilsa ham bo'ladi. Lekin haddan ziyod to'yib yemang. Soat 19 dan 21 gacha buyraklar dam oladi. Shu sababli bu paytda iloji boricha kam suyuqlik ichib, ozgina taom iste'mol qiling. Bunday paytda qon aylanishi ancha faol bo'ladi. Kechki sayr uchun qulay payt. Soat 21 dan 23 ga qadar istalgan mashg'ulot bilan shug'ullanish mumkin. Soat 23 dan tungi 01 gacha o't pufagi faol bo'ladi. Hech qanaqa yog'li ovqat yemang. Och va ilojsiz qolsangiz, taom o'rniga birorta meva iste'mol qiling. Soat tungi 05 dan ertalabki 07 gacha yo'g'on ichak uyg'onib, faollashadi. Ana shu soatlarda uyg'ongan bo'lsangiz, eng yaxshisi, bir stakan suv iching yoki quritilgan meva yeng. - Agar semiz odam nondan voz kecha olmasa, kepakli qora nondan qilingan qoqnonni ma’lum miqdorda iste’mol qilishi mumkin. - Suli, bug‘doy kabi donlarning biroz undirilgan urug‘laridan yeyish kerak. Ularning tarkibida V vitamini bor. Organizmda uning yetishmasligi turli
a’zolar atrofida yog‘ yig‘ilishiga va tanada suvning tutilib qolishiga olib keladi. - Agar qon bosimi me’yorda bo‘lsa, ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. - Pomidor sharbati esa nafaqat semirishni bartaraf etadi, balki artrit, diabet, modda almashinuvining buzilishi kabi xastaliklarga ham foyda beradi. U tanadagi chiqindilarni haydaydi va siydik orqali zaharlarni chiqarib yuboradi. - Haftada bir marta huqna qilish orqali nafaqat ichaklar tozalanadi, balki ortiqcha yog‘lar ham chiqarib yuboriladi. - Agar parhezda bo‘lsangiz, ochlik hissini bartaraf qiluvchi ajoyib bir vosita mavjud. U oshqozon va ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi. Bolalar bo‘tqasi nazarda tutilayapti. Ertalab sulidan qilingan ushbu bo‘tqadan bir-ikki osh qoshig‘ini yarim litrli termosga solib damlab qo‘ysangiz va ovqatlanishlar
orasida 3-4 qultumdan ichib tursangiz, ochlik umuman sezilmaydi. Ta’bga ko‘ra biroz asal qo‘shishingiz ham mumkin. Semirishning asosiy sabablari: Noto'g'ri ovqatlanish; Jismoniy faollikning kamligi; Noto'g'ri turmush tarzi; Stress vaziyatlarda o'ta ta'sirlanish; Uzoq uxlash; Gormonal preparatlarni ko'p qabul qilish.
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 4077 | Добавил: -=BENOM=-
Всего комментариев: 4
19:15
Omad
12:41
raxmat do'st
09:45
yaxshi malumotla
04:14
omad BENOM DOSTIM
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]