Главная » 2012 » Сентябрь » 30 » Pochtangiz Paroli O’girlanmasligi Uchun Maslahatlar
15:03
Pochtangiz Paroli O’girlanmasligi Uchun Maslahatlar

Elektron pochtangizning parolini yo’qotib qo’yish – tiklanib bo’lmas yo’qotishdir, ayniqsa agar uni kimdir ataylabdan o’g’irlagan bo’lsa. Bunaqa holat yuz berishi tabiiydir. Ishonchingiz komilmi, sizning ham pochtangizni paroli 100% himoyalanganligiga? Bu savolga ha deysizmi, yo’q deysizmi, bu borada sizlarga as qotishi mumkin bo’lgan bir necha maslahatlarni quyida berib o’tdik.

Maslahatlar:


1Pochta qutingizdan parol bilan bog’liq bo’lgan har qanday ma’lumotni o’chirib tashlang. Albatta uni butunlay o’chirib tashlamaslik kerak, kerakli ma’lumotlarni biror qog’ozchaga yozib qo’ying yoki elektron document shaklida saqlab qo’ying. Yana bir yo’li o’sha ma’lumotni printskrin ham qilishingiz mumkin.

2Telefoningizga kelgan yoki simkartada saqlang parol, faollashtirish kodlari, sayt kodlari bor SMSlar bo’lsa , ularni ham o’chirib tashlang. Kerakli ma’lumotlarni biror joyga yozib qo’yishingiz mumkin.

3Parol almashtirganda barcha pochtangizning parolini o’zgartiring. Bu yo’l parol o’g’rilaridan himoyanishda yordam beradi. Eski kodlarniham saqlab qo’ying. Yangi parollar esa har xil bo’lishi kerak, ya’ni hamma sayt uchun bitta parolmas. Yangi parol albatta so’z va belgi, raqamlardan iborat bo’lishi kerak. Lekin siz telefon raqamingiz, mashina raqamingiz yoki uy anzilingiz bo’lmasin. Masalan, factor777, organza40%, baby@16. Yana bir yaxshi yo’li, klaviyaturadan terishingiz oson bo’lgan harflar bo’lsin: aswer333, qweerty7, hytrew2@, derty7u.

4Saytda ishingizni tugatganingizdan so’ng , albatta "Chiqish ” tugmasini bosing. Aks holda shu yo’l bilan parolingiz o’girlanishi, yoki ochiq qolgan akkauntingizga kirishlari mumkin.

5Pochtangizga kirish vaqtida "Parolni eslab qolish”, "Sistemada qolish” kabi tugmalarga ha degan belgini qo’ymang, agar ha desangiz, parolingiz brauzerda saqlanib qoladi va oqibatda pochtangizni buzishlari mumkin. Agar pochtaga kirish vaqtida "Begona kompyuter” degan tugma bo’lsa, o’shani albatta bosing. Brauzerdan Sozlash bo’limidan login va parolni o’chirib tashashni ham unutmang.

6Kompyuteringiz xech qachon qarovsiz qoldirmang, ayniqsa begona odam yoki yosh bolalar bo’lsa. Oddiygina qidiruv tugmasi orqali, sizning qimmatli ma’lumotlaringiz topib olishlari mumkin.

7Kerakli parol va kodlarni kompyuterda qanday saqlash kerak? Matn yozish uchun oddiy document ochiladi, boshlanishiga o’zizga tanish bo’lgan va qiziq bo’lmagan mavzudagi tekst yoziladi yoki ko’chirib o’tkaziladi, so’ngra kerakli maxfiy ma’lumotingizni joylashtirasiz va oxiriga ham huddi shunday tekstni davomi saqlanadi. Shu tarzda dokumentni ham zerikarli nom bilan saqlab qo’yasiz. Masalan, "univer.fizikadan uyga vazifa, fayl_21 384736nfjdvnfvb”. Bu tarzda saalangan document xech kimga qiziq emas va bemalol ma’lumotingizni saqlashingiz mumkin.

Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 546 | Добавил: celebrity_girl
Всего комментариев: 1
19:42
M.t u.n rahmat
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]