14:02 Poroshenko Ukrainani dunyodagi eng xavfli joy deb atadi | |
Pyotr Poroshenko fikricha, Ukraina sharqidagi nizolar “Islom davlati” va Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan boshqa hodisalardan ko‘ra kattaroq xavfga ega. Bu haqda u Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi Korrespondent.net. “Mening mamlakatimda minglab rus askarlari, yuzlab tanklar, og‘ir artilleriya bor, — dedi Poroshenko. — Bu nafaqat bizga, balki butun Yevropaga xavf solayotgan dunyodagi eng katta armiyalardan biridir”. Ukraina prezidenti mamlakat sharqidagi nizolarni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi va o‘zaro murosaga tayyorligini aytdi. Poroshenkoning ishonch bildirishicha, Rossiya qo‘shinlari chiqarilib ketsa va chegara mustahkamlansa, nizolar bir necha kun ichida bartaraf bo‘ladi.
Manba; Daryo.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 611 | |
Всего комментариев: 0 | |