17:44 Provayderlar uchun internet xizmatlar narxlari so‘nggi ikki yilda uch barobar arzonlashdi | |
"O‘zbektelekom” kompaniyasi internet-provayderlarga ko‘rsatiladigan internet xizmatlari (tashqi kanal) tarifini yana pasaytirdi. "Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, 1 Mbit/s internet 475 dollar etib belgilangan. 2012-yil boshidan beri bu narxlarning uchinchi marta arzonlashishidir. 20-yanvar kuni tarif 500 dollargacha, 2-fevralda esa 495 dollargacha arzonlashtirilgandi. 13-aprel kuni esa tashqi kanal uchun narx 475 dollar etib belgilandi. "O‘zbektelekom”ning qayd etishicha, 2011-yil davomida tariflar 849 dollardan 529 dollargacha (salkam 40 foiz) arzonlashtirilgan edi. Ta’kidlash joiz, 2010-yilning mart oyida tashqi kanal uchun narx 1510 dollarga teng edi. Ikki yil davomida provayderlar uchun internet xizmatlarining narxlari uch barobar arzonlashishidan oddiy internet foydalanuvchilar yutishdi. "O‘zbеktеlеkom” AK o‘z tarmog‘i bilan O‘zbеkiston Rеspublikasi barcha hududlarini qamrab olgan katta tеlеkommunikatsiyalar opеratori hisoblanadi. Kompaniya aloqa operatorlari va provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish, internetga ulanish, videokonferensaloqa, CDMA-450 standartida mobil va statsionar aloqa, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatadi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 527 | |
Всего комментариев: 3 | |
| |