13:57 Pul qanday paydo bo'lgan? Nega pulni qadrlaymiz? | |
Ming yillar ilgari hali pul muomalaga kiritilmagan edi. Qadimgi odamlar molni almashtirish yo‘li bilan savdo qilishgan. Bu agar unga o‘zida yo‘q narsa kerak bo‘lib qolsa, u shu narsasi mavjud odamni topish kerak deganidir. U o‘ziga kerak narsaning egasiga biror bir narsani tavsiya qilishi, agar uning moli savdolashuvchi sherigiga kerak bo‘lmasa u o‘ziga kerak narsani ololmas edi. Vaqt o‘tishi bilan ayrim narsalar pul sifatida foydalanila boshlandi, zero hamma ularga ega bo‘lishni xohlardi. Masalan, bir paytlar sigir, tamaki, g‘alla, hayvon terilari, tuz va munchoqlar kabi hammaga birdek kerak narsalar pul o‘rnida muomalada bo‘lgan. Keyinchalik bu narsalarni bir parcha temir siqib chiqardi. Ko‘pincha bu parcha temir oltin yoki kumushdan iborat bo‘lardi. Keyinchalik tangalar maxsus tozalikdagi va og‘irlikdagi metallardan yasaladigan bo‘ldi. Ularga muayyan miqdordagi tovarlarni olish mumkin edi. Bir nechta tanga, aytaylik bir sigirga, yoki 10 kg tamakiga yoki boshqa biror mahsulotga teng hisoblanardi. Bugun bizlarning ixtiyorimizda qog‘oz pullar va tangalar mavjud. Bu pullarni hukumat chiqaradi, barcha odamlar esa ularni olib foydalanadilar. Xo‘sh, bizga pul nima uchun kerak o‘zi? Biz ularni nega qadrlaymiz? Avvalo shuni aytish lozimki, biz pul vositasida to‘rtta muhim narsani amalga oshirishimiz mumkin. Birinchidan biz pul yordamida ayirbosh yoki savdo qilishimiz mumkin. Aytaylik, siz velosiped xarid qilmoqchisiz, hatto uning uchun pul ishlab topishga ham, misol uchun birovning chimzorini o‘rib berishga ham rozisiz. Biroq siz chimzorida mehnat qilgan kishingizda velosiped yo‘q, u sizga velosiped emas, balki pul beradi. Siz esa pulni olib, do‘konga borasiz va velosiped xarid qilasiz. Pullar yordamida siz o‘z mehnatingizni istalgan buyumga almashtirishingiz mumkin. Ikkinchidan, pul — bu qiymat miqdoridir. Bu degani — pul vositasida ko‘p buyumlarning qiymatini bir-biriga qiyoslash, taqqoslash mumkin. Masalan, siz, haligi aytilgan chim-zorni o‘rish uchun soatiga 1,5 funt pul olasiz deylik. Velosiped esa 50 funt turadi, demak siz velosipedning narxi va o‘z mehnatingiz narxi to‘g‘risidagi ma'lum tasavvurga ega bo‘lasiz. Uchinchidan, pul bu qiymat zahirasidir. Siz, aytaylik yig‘ib-terib olgan pomidor hosilini uzoq saqlab turolmaysiz, sababi ular tezda buzilib qolishi mumkin. Agar, siz ularni sotsangiz, pullarni istagancha asrab qo‘ya olasiz. To‘rtinchidan, pul — bo‘lajak xarajatlar uchun to‘lov negizidir. Siz velosiped uchun 10 funt berib, qolganini keyin olib kelib berishingiz mumkin. Axir siz do‘kon sotuvchisiga pomidor, yoki tuxum, yoki futbol koptogini berib savdolasha olmaysizku?! Siz sotuvchi bilan pulning qolganini keyin olib kelib berish to‘g‘risida kelishib oldingiz, demak pulni siz bo‘lajak xarajat uchun to‘lov sifatida ishlatyapsiz. NIMA UCHUN PULNING QADRI OLTIN BILAN O‘LCHANADI? Biz pul deb hisoblaydigan, metall tangalar yoki serhasham qog‘ozlar aslida shunchaki ramzlar xolos. Biroq mana shu ramzlar muayyan boylikning vakillaridir yoki dalillaridir. Pullar ularni chiqargan davlat xazinasida mavjud qimmatbaho metallar miqdori bilan tasdiqlanadi. Pul qadrini belgilashda sivilizatsiyaga erishgan butun dunyoda me'yor bo‘lib oltin va kumush xizmat qiladi. Bu qimmatli metallar ancha noyob va o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi, biroq ularning zahirasi bozor ehtiyojlarini qondirishga yetadi. Boshqacha qilib aytganda, qog‘oz pul va tangalar pul sifatida davlat tomonidan chiqarilar ekan, ular o‘z qadrlariga egaligi tan olinadi, chunki ular davlat xazinasidagi oltin va kumush miqdori bilan mustahkamlangan. 1821- yilda Buyuk Britaniya o‘z pul tizimining asosi sifatida monometalizm (ya'ni faqat bir xil metalldan foydalanish)ni joriy qildi. Oltin rasmiy valyuta sifatida qabul qilingan edi. 1914- yilga kelib oltin yer yuzidagi barcha valyutalarning o‘lchov birligi bo‘lib qoldi. Narxning standart me'yoriga ega bo‘lgan mamlakatlar endi bemalol bir-birlari bilan savdo sotiq qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining dollari, Fransiyaning franki, nemis markalari oltinda ifodalangan belgilangan qiymatga ega edi. 1933- yilga kelib aksariyat mamlakatlar oltin standartidan biroz chekinadilar. Biroq hali hanuzgacha ko‘plab mamlakatlar valyutasi, shu jumladan AQSH valyutasi ham belgilangan oltin bahosida me'yorlangan. Oltin xalqaro savdoda nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat quyma oltinlarni sotib oladi va sotadi. Oltinning bir qismi xalqaro qarzlarni to‘lash uchun sarflanadi, qolgan qismi esa saqlanadi. Saqlanadigan oltinga davlatning oltin zahirasi deyiladi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 1087 | |
Всего комментариев: 0 | |