Главная » 2011 » Октябрь » 25 » Qaydan toparman
12:27
Qaydan toparman


Muhabbatim, qaydasan qalb ardog`im,
Jayronko`zim,qirlarda qolgan ohum.
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Kelar bo`lsang, yo`lingga gul to`shardim,

Sen Layliga, men Majnunga o`xshardim,
Bu dunyoda hijron yo`q deb yashardim,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Tushlarimda yig`larsan goh bag`ri qon,
Ohlaringdan dud chiqib osmon-osmon,
Menga senu senga men bo`ldik armon,
Endi seni izlab qaydan toparman...

Muhabbatim, qaydasan, qalb ardog`im,
Jayronko`zim, qirlarda qolgan ohum,
Qo`lim tegmay to`kilgan qizg`aldog`im,
Endi seni izlab qaydan toparman...
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 747 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 3
19:04
Daxshat-u
00:24
Zo'r
12:31
Faqat ro`yhatdan o`tgan foydalanuvchilar fikr bildirishlari mumkin. Iltimos ro`yhatdan o`ting!
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]