Главная » 2014 » Июль » 18 » Qishloqi sevgilim
09:50
Qishloqi sevgilim
Sen meni qizg‘onma shahar
qizidan,Shaharning ko‘zlari
gavhar qizidan. Hech ketib
qolmasman uning izidan, O-o-o,
mening qishloqi sevgilim! Bu
qizlar san-mandan nari
o‘tmagan, Latofat ko‘chasi sari
o‘tmagan. Seni-chi, hattoki onang
o‘pmagan, O-o-o, mening
qishlowi sevgilim. Bo‘yoqdan
ko‘rinmay ketgan ko‘zlari, Xuddi
malika deb bilar o‘zlarin. Qizarib
ketmoqda nechun yuzlaring, O-o-
o, mening qishloqi
sevgilim! Yozda ham, qishda
ham ularning gali, Hatto yubka
kiyar chilla mahali. Sen esa
bilmaysan yubka ne, hali, O-o-o,
mening qishloqi sevgilim! Bularni
qo‘yaver, mayli o‘ynasin, U
dunyo-bu dunyo o‘ynab
to‘ymasin. Xudoyim o‘zingdan
ayro qo‘ymasin, O-o-o, mening
qishloqi sevgilim!
Категория: SHERIYAT OLAMI | Просмотров: 689 | Добавил: MR_ORIFJON
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]