17:51 qiziqarli faktlar | |
• Mashhur ixtirochi Tomas Edison Kaliforniyaning bir chetidan yer sotib olib u yerda o'z ixtirololarini sinab ko'ra boshladi. 1908 yildan boshlab bu yerda dastlabki kino olish maydonchasi qurildi. Bu joy sal keyinroq Gollivud (Hollywood) deb nomlandi. Bu joyda olingan birinchi filmning nomi "Graf Monte-Kristo" edi. Gollivud taraqqiyoti ana shundan boshlandi. • London- qadimgi rimliklarning "Londonium" so'zidan kelib chiqqan degan taxminlar bor. Ammo bu so'zning aniq ma'nosi yo'q. Ba'zi taxminlarga ko'ra, "London" lotincha "Lond" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, ya'ni "o'rmon orasidagi yovvoyi joy" ma'nosini anglatadi. Yana bir taxminga ko'ra, u qadimgi keltlar tilidan olingan bo'lib, "Llin" (ko'l) va "Dun" (mustahkamlash) so'zlari birikmasidan paydo bo'lgan. Keltlar davrida shahar "Lludid" deb atalgan. • Eramizdan avvalgi 3-asrda keltlarning parizi qabilasi Sita oroliga kelib joylashishadi va kichikroq baliqchilar qishlog'iga asos solishadi. Keyinroq qishloqcha shaharga aylanib ketadi va Lyutetsiya nomini oladi. Eramizning 52-yilida shahar rimliklar tomonidan bosib olinadi va unga "Parizilar shahri" nomi beriladi. Keyinchalik u Parijga aylanib ketadi. • Niderlandiyaning poytaxti Amsterdam shahriga 1275 yili asos solingan. Shahar shimoliy Gollandiya viloyatidagi Amstel daryosi bo'yida joylashgan. Daryo toshib, atrofni suv bosavergach, to'g'on qurilgan. To'g'on niderland tilida "Dum" deyiladi. Amsterdam so'zining ma'nosi "Amstel daryosidagi to'g'on" ma'nosini anglatadi. • Madrid shahrining rivojlanish davri 932 yilga borib taqaladi. Shahar Madjirit qal'asi atrofida paydo bo'lgan. 1561 yili Ispaniya qiroli Filipp II uni o'z davlatining poytaxti deb e'lon qilgan. Madrid so'zi qadimgi arab va ispan tillari aralashmasidan hosil bo'lgan, degan taxminlar bor. Ammo bu so'zning qanday ma'no anglatishi hamon noma'lum. • Berlin shahri nemischa "Bar", ya'ni "ayiq" so'zidan paydo bo'lgan, deyishadi. Chunki shahar gerbida ayiqning surati aks etgan. Ammo bu taxmin haqiqatdan yiroq. Shaharning nomi slavyan tilidagi "Beri", ya'ni "botqoq" so'zidan kelib chiqqan. • Afsonalarga ko'ra, Ruminiya poytaxti Buxarest shahriga Bukur ismli podachi asos solgan ekan. Ammo haqiqatga yaqinroq ma'lumotlarga ko'ra, podsho Qariya Mircha turklar ustidan g'alaba qozongani munosabati bilan shu shaharga asos solgan. "Bucurie" - ruminchadan tarjima qilganda, "shodlik" ma'nosini anglatadi. Shuning uchun ham Buxarestni "Shodliklar shahri" deb atashadi. Ba'zi taxminlarga ko'ra, shahar nomi qadimgi Dakiya tilidagi "bukur" so'zidan olingan bo'lib, "go'zal" degan ma'noni beradi. • Kishinyov shahrining nomlanishi haqidagi eng keng tarqalgan taxminlarga ko'ra, bu nom qadimgi rumin tilidagi "chisla" noue (kishla noue) so'zidan olingan va "yangi buloq" ma'nosini anglatadi. Yana bir taxminga ko'ra, bu nom qipchoqlarning "kesene", ya'ni "Qor" so'zidan yoki vengerlarning "Kisijeno", ya'ni "kichkina Yyeno" (Yyeno-896 yilda Yevropaga kirib kelgan venger qabilalaridan biri) so'zidan olingan. Ruminiya G'arbidagi Vengriya bilan chegaradosh hududda "Kisijeno" yoki "Chisineu" deb nomlanuvchi shahar bor. Ammo ularning Kishinyov shahri nomi bilan aloqadorligi isbotlanmagan. • Minsk qadimda Mensk, Mensk, Menesk deb atalgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Minsk shahri nomi "menyat", ya'ni "o'zgartirmoq, almashtirmoq" so'zidan paydo bo'lgan. Yana bir haqiqatga yaqinroq faktga ko'ra esa shaharning bunday nomlanishiga uning Menke daryosi ustida joylashgani sabab bo'lgan. • Bern shahri Shveytsariyaning rasmiy poytaxti sanaladi. Uning nomi nemis, frantsuz, italyan tillarida ham bir xil ma'noni anglatadi. Ya'ni, "Birlashgan shahar". • Ozarbayjon poytaxti Boku shahrini mahalliy aholi Baki deb ataydi. Shaharning nomi qadimgi fors tilidan olingan bo'lib, "bad kube", ya'ni "shamol ko'p esadigan" degan ma'noni anglatadi. Tarixiy solnomalarda shaharning nomi ilk marta eramizning VI asrlarida paydo bo'lgan. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 1132 | |
Всего комментариев: 3 | |
| |