18:25 Qiziqarli faktlar: har to'g'rida | |
Shaxmat bo'yicha dunyo chempioni Vladimir Kramnikning shaxmat dasturi Fritz bilan o'ynayotgan payti esnashi uning mag'lubiyatiga sabab bo'lgan. Angliya hududida bir vaqtlar begemotlar bo’lgan. Nafaqat qushlar, balki ba’zi turdagi kapalaklar ham ko’chib yuradilar (migratsiya). Koreyada loviyali sho’rva yovuz ruhlarni cho’chitadi, degan aqida bor. Mashhur banklardan birining shiori quyidagicha: "AQSh eksport qilar ekan, Amerika ishlayveradi”. Ingushetiyaning 60% qishloqlarida hech kim istiqomat qilmaydi. Ovozsiz kinoda qatnashgan, hozirda hayot bo’lgan aktyorlarning eng keksasi - Yoxannes Xesters 106 yasharligida ham teatr sahnasida o’ynagan. Dastlabki parovoz 1802 yilda qurilgan. Ikkinchisi uchun esa patent 1804 yili olingan. Sun’iy ravishda mallasoch go’zalga aylanish bu yangi odat emas. Qadimgi Rimda ham ayollar sochlarini sariqqa (qo’shiqda aytilganidek) bo’yaganlar. Dunyodagi eng chuqur ko’llardan biri sanalgan Sarez ko’li atigi yuz yil ilgari paydo bo’lgan. 2007 yilda Glazgo shahri kengashi multserial qahramoni Skrudj Makdakni o’zining eng mashhur fuqarolari ro’yxatiga qo’shdi. Yapon ayollarining an’anaviy libosi – tomesode nafaqat chiroyli, balki anchagina funksional hamdir. Amerika tibbiyotida negrlarni kaltaklash va og’ir ishlar buyurish orqali ishyoqmaslikdan davolash tavsiya qilingan. Chandigarx shahri bir vaqtning o’zida ikkita hind shtatining markazi hisoblanadi. Ammo, ma’muriy jihatdan hech birovining tarkibiga kirmaydi. Aydaho (Idaho) shtatining eng qadimgi universiteti Moskva shahrida joylashgan (AQSHdagi Movkva shahrida). O’rta asrlarda ritsarlar "qotil tuynuklar” dan juda qo’rqishgan. Fransiyaning dastlabki ensiklopedistlaridan biri quvg’inga hukm qilingan, kitoblari esa yondirib yuborilgan. Ayrim filmlar ularda tushgan aktoylarning hayotiga zomin bo’ladi. | |
Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Просмотров: 619 | |
Всего комментариев: 4 | |
| |