08:47 "BORLIGING BILSAMDA UNITISHGA MAJBURMAN" YOHUD " ESLAMA MENI | |
BORLIGING BILSAMDA UNITISHGA MAJBURMAN " YOHUD " ESLAMA MENI " Shu kunlarda sezyapmanki, sen Mendan kundan kunga uzoqlashib boryapsan! Balki buni sabablari bordir, balki men sen kutgan baxtni, e’tiborni bera olmayotgandirman, balki meni emas o’zga insonni ko’rganingda yuraging urib, qinidan chiqqudek bo’lar!!! Balki men bermagan baxtni o’zgalardan olayotgandirsan, balki uning va’dalari menikidan ko’ra ko’proq va yoqimliroqdir!!! Mayli agar men bilan baxtli bo’la olmasligingga ishonching komil bo’lsa, o’sha baxtiyor inson bilan baxtli bo’lgin!!! Ketar bo’lsang ham orqaga o’grilmasdan ketgin, chunki seni ortingdan qarab qolgan yosh to’la ko’zlarimni ko’rishingni xoxlamayman!!! Mayli tunlarimni bedor o’tkazsam ham, yurak bag’rim tilka-pora bo’lsa ham, umidsizlik ummoniga cho’ksam ham seni unutaman!! Sendan esa so’nggi iltimosim esa MENI HECH QACHON ESLAMA, XATTO BU DUNYODA BORLIGIMNI HAM UNUT!!! O’shanda senga ham, ularga ham, menga ham yashash osonlashadi!!! Bilgin qanchalik sen keraksan, Lekin go’yo men kerekmasman. Chunki kundan kun ko’ngling sovib, Mendan uzoqlashib boryapsan. Balki hayotingda o’zga bor, Unda va’dalar mendan bisyor. Balki aytolmay chekding ozor, Unday bo’lsa jonim yaxshi qol! Unutarman qiyin bo’lsa ham, Yurak bag’rim qonga to’lsa ham. Unutarman seni, eslamagin meni. Halovatsiz tunlarim qora, Qo’ng’iroq qilarmisan zora. Yuragimni etib ming pora, Vujudim sochar dardli nola. Balki sen ketging kelar mendan, Baxtli bo’lsang roziman sendan. Men esa baxtsiz,baxtli bo’lib, O’tarman hech kimni sevmasdan. | |
Категория: SEVGI | Просмотров: 716 | |
Всего комментариев: 5 | |
| |