Главная » 2011 » Декабрь » 9 » Rahimxon Rossidaya safarda
15:31
Rahimxon Rossidaya safarda

Sardor Raximxon Rossiyada gastrolda. 18 Dekabr.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Raximxonning nafaqat yurtimizda balki undan tashqarida ham millionlab muxlislari borligi shubhasiz. Jumladan Rossiyada xam Sardorning qo'shiqlarini sevib tinglaydiganlar talaygina. Mana shunday muxlislarning iltimoslariga binoan Sardor Raximxon 18 Dekabr kuni soat 18-00da Novosibirsk shaxridagi “Chkalova” konsert saroyida yangi yilga bag'ishlangan konsert dasturini taqdim qiladi. Bu Sardor Raximxonning Rossiyadagi birinchi yakkaxon konserti xisoblanadi. Konsertda allaqachon ko'ngillardan joy olgan sevimli taronalar qatori bir qancha yangi qo'shiqlarning taqdimoti ham bo'lishi kutilmoqda. Sardorga omad tilagan xolda barcha Novosibirsk shaxridagi o'zbek qo'shiqlari muxlislarini konsertga taklif qilib qolamiz.
Xonandaga esa ijodiy parvozlar va omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2
Категория: Shou biznes | Просмотров: 550 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 2
00:30
Omad
00:29
Gap yuq
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]