Главная » 2014 » Декабрь » 8 » Ramzan Qodirov ukrainalik deputatlarni qo‘lga olib, Chechenistonga olib kelishni buyurdi
20:04
Ramzan Qodirov ukrainalik deputatlarni qo‘lga olib, Chechenistonga olib kelishni buyurdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublikaning maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga Grozniydagi teraktlarni qo‘llab gapirgan ukrainalik deputatlar Yuriy Bereza, Andrey Levus va Igor Moseychukka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni buyurdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Yangi vaziyatlar tufayli ko‘rsatilgan shaxslar, shuningdek yana bir jinoyatchi Isa Munayevni tutib, Chechenistonga  olib kelish uchun tezkor choralar ko‘rishni buyurdim. Ularning Grozniydagi voqealardagi rolini tekshirish lozim”, − deb yozgan Qodirov o‘zining Instagram’dagi sahifasida.

“Ular Grozniydagi 14 nafar politsiyachi o‘limiga aloqador terrorchilarni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatladi. Deputat deyiladigan bu kimsalar bunday harakatlarni yoqlab gapirdi”, − dedi Qodirov. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator ukrainalik siyosatchilar Kavkazdagi terrorchilarning qoldiqlarini moliyalishtirish va boshqa turdagi yordam berishga aloqador bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, yuqorida nomlari keltirilgan ukrainalik deputatlar 4-dekabr kuni Grozniyda sodir etilgan teraktni qo‘llab-quvvatlab fikr bildirgan.

 

Manba: Daryo.uz

Прикрепления: Rasm 1
Категория: DUNYO XABARLARI | Просмотров: 2682 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]