Главная » 2012 » Май » 19 » Raul Osiyo Chempionlar ligasida o‘zbek klublariga qarshi maydonga tusha olmaydi
00:03
Raul Osiyo Chempionlar ligasida o‘zbek klublariga qarshi maydonga tusha olmaydi

Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real” jamoasi sobiq hujumchisi Raul Qatarning "As-Sadd” jamoasi taklifini qabul qildi. Futbolchi 2012/13-yilgi mavsumdan boshlab faoliyatini Qatar Yulduzlar ligasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

"As-Sadd” rasmiy sayti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi ayni vaqtda Dohada va u 12-may kuni o‘tkazilgan "Al-Garafa” va "As-Sadd” jamoalari o‘rtasidagi Qatar Amiri Kubogi finalini tomosha qilgan. Ushbu uchrashuvda penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchragan 2013-yilgi Osiyo Chempionlar ligasida to‘p surish huquqidan mahrum bo‘ldi. Jamoa chempionat bahslarida ham OChLga yo‘llanma beruvchi kuchli uchlikdan o‘rin ololmagan.

14-may, dushanba kuni Raul ishtirokida yangi shartnoma yuzasidan matbuot anjumani o‘tkaziladi. "Reuters”ning yozishicha, futbolchi o‘tgan oy, "Shalke”dan ketishi haqidagi xabarlarni izohlarkan, uning keyingi faoliyati Yevropadan tashqarida va talablari Germaniyadagi kabi yuqori bo‘lmagan chempionatda davom etishini aytib o‘tgandi.

34 yoshli Raul Gonsales professional futbolchilik faoliyatini 1994-yilda boshlagan bo‘lib, 2010-yilga qadar Madridning "Real” jamoasi safida 741ta uchrashuvda maydonga tushib, 323ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 2010-yilning yozida Germaniyaning "Shalke” jamoasiga o‘tgan Raul 98 uchrashuvda 40ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniya terma jamoasidagi 10 yillik faoliyati (1996-2006) davomida 102ta gol urib, 44ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2009-yilning oktabr oyida Toshkentning "Bunyodkor” klubi Raulga taklif bilan chiqqani haqida xabarlar tarqalgan edi. Raulning o‘zi, "El Confidencial” nashriga ko‘ra, ushbu taklif uchun minnatdorchilik bildirib, uni rad etgan. O‘z navbatida, "Bunyodkor” klubi bunday taklif bilan chiqmaganini ma’lum qilgandi.

Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 582 | Добавил: number_1
Всего комментариев: 1
13:06
омад
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]