07:15 Ravshan Ermatov beshinchi bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi | |
Ayni vaqtda Filippinning Manila shahrida OFK tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi “Uff.uz”. 2014-yilning eng yaxshi hakami bo‘lishga Eron vakili Ali Rizo Fag‘oniy va bahraynlik hakam Navof Shukrulloh bilan birgalikda o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham nomzodlik qilayotgan edi. Tadbir davomida Ravshan Ermatov qit’aning eng yaxshi hakami, degan nomga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa Ermatov beshinchi bora Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi. Eslatib o‘tamiz, u 2008, 2009, 2010 va 2011 yillarda ham qit’ada eng yaxshi hakam bo‘lgan edi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, Ravshan Ermatov yozda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati vaqtida to‘rtta o‘yinni boshqarib, mundiallardagi uchrashuvlari sonini 9 taga yetkazgan va bu borada rekord o‘rnatgan edi.
Manba: Daryo.uz Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 1019 | |
Всего комментариев: 0 | |