19:49 Ravshan Ermatov Osiyo kubogi yarim finalidagi Avstraliya — BAA uchrashuvini boshqaradi | |
Osiyo kubogi — 2015 yarim finalidan o‘rin olgan bitta o‘yinni OFK o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga topshirdi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”. FIFA referisi Avstraliya va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqaradigan bo‘ldi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Bahodir Qo‘chqorov yordam beradi. Zaxira hakami vazifasini qatarlik Abdulrahmon Hussayn bajaradi. Yarim finaldan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Iroq o‘rtasidagi o‘yinni esa yaponiyalik hakamlar boshqarib boradi. Ryuji Satoga qanotlarda Toru Sagara va Toshiyuki Nagi yordam beradi. Osiyo kubogi — 2015. Yarim final o‘yinlari hakamlari: Janubiy Koreya — Iroq
Avstraliya — BAA
Прикрепления: Rasm 1 | |
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 585 | |
Всего комментариев: 1 | |
| |