Главная » 2015 » Март » 24 » “Real” muxlislari dunyoning eng qimmat futbolchisi mashinasiga hujum qildi
08:09
“Real” muxlislari dunyoning eng qimmat futbolchisi mashinasiga hujum qildi

Madridning “Real” klubi muxlislari “qirollik klubi” yarim himoyachisi Garet Beyl mashinasiga hujum qildi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.

Hodisa madridliklar “El Klasiko”da — Kataloniyaning “Barselona”siga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, yuz berdi. Beyl stadionni tark etayotgan mahal “Real” ishqibozlari guruhi futbolchining Bentley’siga yaqinlashib, uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, biroq o‘yinchi jo‘nab ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng muxlislar “Real”ning boshqa futbolchisi — hujumchi Xesening mashinasini to‘xtatdi. Forvard yon oynasini tushirib, ishqibozlar bilan gaplashdi, so‘ng u ham uyiga jo‘nab ketdi.

“Qirollik klubi” Beylni Londonning “Tottenxem”idan 100 million yevroga sotib olgan, bu ayni paytda dunyodagi rekord darajali transferdir.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: Sport Yangiliklari | Просмотров: 2239 | Добавил: Sherzod_230688
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]